I BOB.
SMM — IJTIMOIY MEDIA MARKETING
1
2
3
Telegram tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish
1. Ilovani ishga tushirib,
START MESSAGING
tugmachasi tanlanadi
(1)
.
2. Davlat nomi va telefon raqami kiritiladi
(2)
.
3. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelgan kod teriladi
(3)
.
Telegram tarmog‘ini sozlash
1.
Telegramga
(1)
kirib,
Contacts
(2)
bo‘limi orqali yangi foydalanuvchi kontaktini qo‘shish
mumkin.
2.
Telegramga
(1)
kirib,
Settings (Sozlash)
(3)
bo‘limi orqali profilni tahrirlash
(4)
, xabarlarni
eslatish
(5)
, profilni himoyalash
(6),
chat oynasini sozlash
(7)
, yangi papka yaratish
(8)
hamda tilni
sozlash
(9)
mumkin.
17
4-
dars
. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
TELEGRAM TARMOG‘I
2
3
1
4
5
6
7
8
9
1. Telegram tarmog‘ida guruhli chat deganda nimani tushunasiz?
2. Telegram tarmog‘ida botning asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Telegram tarmog‘idagi papkalarning vazifasini aytib bering. Papkalar qanday hosil qilinadi?
4. Ijtimoiy marketingni Telegram tarmog‘ida qanday yuritish mumkin?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
AMALIY TOPSHIRIQ
1.
Telegram
tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting.
2.
Telegram
tarmog‘ida shaxsiy profilingizga rasm o‘rnating
va ma’lumotlarni kiriting.
3.
Telegram
tarmog‘ida kontaktlar ro‘yxatiga yangi kontakt qo‘shing.
4.
Telegram
tarmog‘ida xavfsizlik tizimingizni sozlang. Profilingizni himoyalang.
5.
Telegram
tarmog‘ida papkalar hosil qiling. Chat va kanallaringizni saralang.
6.
Telegram
tarmog‘ida turli loyihalarni yurituvchi kanal va guruhli chatlarni qidirib toping,
ularga a’zo bo‘ling.
|