54
kalibr esa asosan muayyan oraliqda tebranishi mumkin. Bir xil namunali
va tizimdagi qurollar turli kalibrlarda ishlab chiqarilishi mumkin.
Masalan, 5,6
mm
kalibrning nominal qiymati 5,42 dan 5,60
mm
gacha,
11,43
mm
kalibrning nominal qiymati esa 11,26 dan 11,35
mm
gacha
tebranishi mumkin. Narezli qurollardan 5,45; 5,6; 6,35; 7,62; 7,63; 7,65;
9; 11,43
mm
kalibrlilari keng tarqalgan.
Silliq stvolli ov qurolining kalibri
— bir ingliz funtiga (1 ingliz funti
= 458,5
gramm
) teng og‘irlikdagi qo‘rg‘oshindan tayyorlangan, diametri
qurol stvolining ichki diametri bilan bir xil bo‘ lgan dumaloq o‘qlar
soniga teng kattalik. Bu kattalik uzunlik birliklarida ifodalanishi mumkin
(masalan, 12 kalibrli o‘q uchun — 18,4
mm
, 16 kalibrli o‘q uchun esa —
16,8
mm
). Bu kattalikning stvol diametri bilan aloqasi yo‘q. Silliq stvolli
standart o‘qotar qurollar (ov miltiqlari)ning kalibrini qurolning stvol osti
maydonchasi va kolodkasidagi, shuningdek, dasta (sevyo)dagi maxsus
yozuvlardan bilish mumkin.
Silliq stvolli ov miltiqlarining kalibrini, uning stvol kanali
diametrini, stvolning orqa qismidan 220
mm
masofadan keyin o‘lchab
ham aniqlash mumkin. Ushbu aniqlangan ichki diametrning qiymatini
maxsus jadvallar bilan solishtiriladi va qurolning kalibri aniqlanadi (2-
jadval).
Dostları ilə paylaş: