277
konussimon qism; snaryadga yo‘nalish berish uchun xizmat qiladigan
silindrsimon silliq qism.
Silliq stvolli miltiqlardan otish uchun ko‘plab turdagi snaryadlar
ishlatiladi
⎯
sochma o‘qlar, kartechlar va yaxlit snaryad
⎯
o‘q.
Sochma o‘q — qo‘rg‘oshindan yasalgan zo‘ldir bo‘lib, diametri 1,5
mm
dan
⎯
5,0
mm
gacha bo‘lishi mumkin. Diametri 5,0
mm
dan katta
bo‘lgan sochma o‘q kartech deb ataladi. Standart sochma o‘q yoki
kartechlarga mustaxkamligini oshirish uchun surma qo‘shiladi. Qo‘lbola
usulda yasalgan sochma o‘qlarda surma bo‘lmaydi. Sochma o‘q yok
kartechlarning quyidagi turlari mavjud: OM
⎯
yumshoq, ov sochma
o‘qi; OT
⎯
qattiq, ov sochma o‘qi; ST
⎯
qattiq sport sochma o‘qi; KO
⎯
ov kartechi.
Standart sochma o‘qlar silliq qilib ishlanadi va sirti grafit bilan
qoplanadi. Yumshoq sochma o‘qlar o‘q otilishida deformatsiyaga
uchraydi va shuning uchun ularning ballistik xususiyatlari yomonroq
bo‘ladi.
Bir nomerdagi sochma o‘qning diametri boshqa nomerdagi sochma
o‘qlardan 0,25
Dostları ilə paylaş: