256
1) o‘qning kalibri qurolning kalibriga mos, ammo o‘qning diametri
qurol stvoli kanali diametridan yo‘l qo‘yiladigan darajada kattaroq yoki
kichikroq;
2) o‘qning kalibri qurol kalibridan kichik;
3) o‘qning kalibri qurol kalibridan katta.
Birinchi holatda o‘q kalibrining qiymati asosan birlamchi izlarning
kengligiga ta’sir ko‘rsatadi: o‘q aylanma harakat olishidan oldin stvol
kanalining kattaroq (agar o‘qning diametri kichik bo‘lsa) yoki kichikroq
(agar o‘qning diametri kattaroq bo‘lsa) qismini bosib o‘tadi
Kichik kalibrli o‘qdan (masalan, 7,62
mm
kalibrli TT rusumli
to‘pponchaning patronini 9
mm
kalibrli PM to‘pponchasidan) otishda,
o‘q harakati jarayonida stvol kanali bilan barqaror ta’sirlashishda
bo‘lmaydi, uning harakati tartibsiz xususiyatga ega va stvol kanalining
ayrim sohalariga urilish bilan kechadi (49-rasm). Izlarning miqdori va
og‘ish burchagi odatda narezlarning miqdori va og‘ish burchagi bilan
mos tushmaydi, faqat u yoki bu darajada narezlar maydonining
kengligini aks ettiradi. Lekin shunga qaramay, ko‘plab izlar o‘qotar
qurolni identifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilar majmuasiga ega
bo‘ladi.
49-rasm.
Dostları ilə paylaş: