O‘zgartirilgan standart qurilmalarni o‘qotar qurollar turkumiga
taalluqligini aniqlash
. Ayrim standart qurilmalar, keyinchalik ulardan
ayrim turdagi o‘qotar qurollar sifatida foydalanish maqsadida
o‘zgartirilishi mumkin. Bunday qurilmalarni o‘zgartirilganligini
aniqlash, ushbu qurilmalarning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligini
aniqlashning o‘ziga xos xususiyatidan iborat. Bunday o‘zgartirilgan
qurilmalar sirasiga qurilish-montaj to‘pponchalari, raketnitsalar, starat
to‘pponchalari va revolverlari, pnevmatik qurollar va ayrim hollarda
o‘yinchoqlar ham kiradi.
Bu kabi standart qurilmalar urib-quyib yuboruvchi mexanizmli
o‘qotar qurollarning ayrim turlariga o‘xshash ishlab chiqarilgan bo‘lsa-
da, ammo ularning tuzilishidagi ayrim xususiyatlar (ishlab chiqarishda
kiritilgan maxsus o‘zgartirishlar) ulardan jangovar o‘q-dorilar (o‘qli yoki
sochma o‘qli patronlar)ni ishlatish imkoniyatini bermaydi. Ko‘rib
o‘tilayotgan qurilmalarning ayrim tarkibiy qismlari yoki tugun hamda
mexanizmlarini o‘zgartirib (olib tashlab yoki birorta tarkibiy qism
qo‘shib) o‘qotar qurolga o‘zgartiriladi.
Qurilish-montaj to‘ponchalarini tadqiq qilishda turli masofadan o‘q
otish imkoniyatini beradigan o‘zgartirishlarini aniqlash lozim. Qurilish-
montaj to‘pponchasini qurol sifatida ishlatish uchun o‘zgartirishda, uning
quyib yuboruvchi va uruvchi mexanizmlarini ajratish, ya’ni, ularni bir-
biridan alohida ishlaydigan qilish zarur. Chunki, beton va g‘ishtli
tuzilmalar (devorlar)ga maxsus (dyubel) mix qoqish uchun mo‘ljallangan
qurilish-montaj to‘pponchalari xavfsizlik maqsadlarida maxsus saqlovchi
mexanizm bilan ta’minlanadi. SMP–1 qurilish-montaj to‘pponchasi mix
qoqilayotgan mustahkam tuzilma (devor)ga stvolda joylashgan saqlovchi
mexanizm bilan maxkam bosilganda ishlaydi. Bunday bosishda
harakatlanuvchi tortqich quyib yuboruvchi ilmoqni ishlamaydigan tarzda
ushlab turuvchi saqlovchi mexanizmni ochadi va uruvchi mexanizm
ishlab ketadi.
223
Bu prinsipda ishlaydigan SMP–1 qurilish-montaj to‘pponchasidagi
qo‘yib yuboruvchi va uruvchi mexanizmlarini bir–biridan ajratish uchun
stvolni kaltalashtirish, maxsus saqlovchi mexanizmni olib tashlash yoki
uni ishlamaydigan qilib qo‘yish orqali erishiladi. SMP–3, SMP–3M,
SMP–4 qurilish-montaj to‘pponchalarining esa saqlovchi mexanizmi olib
tashlanadi yoki saqlovchi (blokirovka qiluvchi) stakancha eng chetki
orqa holatga o‘tkazilib, u bilan stvolda joylashgan burtiq orasiga qalinligi
8–10
mm
bo‘lgan mufta o‘rnatilib, qotirib qo‘yish bilan o‘zgartiriladi.
Raketnitsalarni tadqiq qilishda, bunday qurilmalardan oddiy (unitar)
o‘qli yoki sochma o‘qli patronlar bilan otish imkoniyatini beruvchi
o‘zgartirishlarni aniqlash zarur bo‘ladi. Buning uchun, raketnitsa stvolida
yoki bu stvolning o‘rniga boshqa, standart jangovar patron otilishi
mumkin bo‘lgan boshqa stvol o‘rnatiladi.
Signal (start) to‘pponchasi yoki revolverini tadqiq qilishda, nishonga
o‘q otishda snaryadga to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish beradigan tarzdagi
o‘zgartirishlarni aniqlash kerak. Odatda, bunday to‘pponcha yoki
revolverlar tashqi tuzilishi jihatidan standart jangovar o‘qotar qurolga
o‘xshash qilib ishlab chiqariladi va ularni o‘zgartirish, tekshirilayotgan
qurilma stvoli, barabani yoki magazinini standart jangovar patronga mos
qilib parmalash bilan amalga oshiriladi. Bu holda, magazin yoki
barabandagi barcha kamoralar parmalanmasligi mumkin. Shuning uchun:
«agar signal (start) to‘pponchasi jangovar patronlar bilan jihozlangan
(o‘qlangan) bo‘lsa, bunday qurilmani o‘qotar qurol deb hisoblash
mumkin»
1
degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki start to‘pponchasi,
jangovar patron otiladigan tarzda o‘zgartirilmagan bo‘lsa va hatto
ularning magazini jangovar patronga moslashtirib kaltalashtrilgan bo‘lsa
ham, o‘qotar qurol hisoblanmaydi. Ammo, ta’kidlash joizki, qonunga
xilof ravishda signal to‘pponchasi va undan otish uchun mo‘ljallangan
jangovar patronlar saqlagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 248-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki, qonunga
xilof ravishda nafaqat o‘qotar qurol, balki jangovar o‘q-dorilarni ham
olib yurish, saqlash, tayyorlash va o‘tkazish uchun ham jinoiy
javobgarlik belgilangan.
O‘qotar qurollar, tashqi tuzilishi jihatidan qurolga umuman
o‘xshamaydigan, ammo, ayrim tarkibiy qismlari qurollarning qism va
1
Qarang:
Железняк
А
.
С
.
Относится
ли
стартовый
пистолет
к
огнестрельному
оружию
. — «
Труды
ВНИИОП
при
МООП
РФ
», 9–
том
. –
М
.,
1985. —
С
.76.
224
mexanizmlariga mos keladigan ayrim standart mexanizmlardan ham
tayyorlanishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha tadqiqotlar jarayonida, otuvchi
qurilma tayyorlangan mexanizmning guruhiy taalluqliligini aniqlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, ekspert,
tekshirilayotgan mahsulot yoki mexanizmni qurolning qismi va
mexanizmi sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan qismlarining mo‘ljallangan
maqsadini qayd etadi va ularning tuzilishini ta’riflab yozadi.
Dostları ilə paylaş: |