Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchilarning keysni hal etish
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich
– keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari)
ish.
1)
Keys materiallari bilan tanishadi:
2)
Taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi:
3)
Muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va
tahlil qilish usullarini tanlaydi:
4)
Berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish
usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi:
5)
Taklif etilgan qarorni amalga oshirish buyicha tadbirlarni ishlab
chiqadi.
Ikkinchi bosqich
– keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
1)
Guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish
yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarni muvofiqlashtirishadi:
2)
Yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va
baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng
maqbul variantni tanlashadi:
3)
Muammoli vaziyat echimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini
amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar:
4)
Taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni
rasmiylashtirishadi.
Har oʻqituvchi keys-stadiga asoslangan oʻquv topshiriqlarining puxta
asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy-didaktik xarakterga
ega boʻlishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab
etiladi:
1.
Tahliliy koʻnikmalar
(ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish,
taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
Dostları ilə paylaş: