164
8 Ish tartibi
Asbobga o‘lchash kabeli qo‘shimcha qilingan.
Milliampermetr ishlashida o‘lchanayotgan signal mavjud emasligida asbob
strelkasi nol holatida bo‘lmaydi. 1mA kichik diapazonda strelkaning joiz og‘ishi
asbobning qisqartirilgan kirish joyida 0,05 mA ni tashkil qiladi.
9 Laboratoriya ishini o‘tkazish
9.1 Tashqi ko‘rik va sinab ko‘rish
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilarni aniqlash zarur:
- asbobda mexanik shikastlar bo‘lmasligi kerak;
- kirish ajratgichining sozligi;
- o‘lchash chegaralari qayta ulagichining sozligini tekshirish.
9.2 Metrologik tavsiflarni aniqlash
1kNz darajalash chastotasida asosiy xatolikni aniqlash
Asbobning asosiy xatoligini aniqlash uchun rasmga muvofiq V1-4 uskunaning
chiqish joyidan milliampermetrning kirish joyiga signal uzatish zarur.
Ampermetrini CHiq Kir milliampermetr qiyoslash uskunasi
100 mA va 300 mA kichik diapazonlarda xatolik shkalaning barcha raqamli
belgilarida aniqlanadi, qolgan kichik diapazonlarda tekshirish faqat shkalaning
oxirgi belgilarida o‘tkaziladi.
CHiqish kuchlanishini rostlash yordamida uskunaning chiqish joyidan signal
berilganda ampermetr strelkasi qiyoslash belgisiga aniq o‘rnatiladi.
Uskunada o‘rnatiladigan kuchlanish qiymati qiyoslash bayonnomasida
ko‘rsatilgan. O‘lchash xatoligi foizlarda uskuna shkalasidan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: