www.ziyouz.com
kutubxonasi
437
Skandarki bor erdi olamg‘a shoh,
Bori olam ahlig‘a zilli Iloh.
Jahon ahlicha ilmu donolig‘i,
Xirad quvvatidin tavonolig‘i.
Bo‘lub qismi ham hikmatu, ham bilik,
Yana chekmayin o‘rganurdin ilik.
Emas erdi o‘z royu tadbiri kam,
Tilar erdi el royu tadbiri ham.
Tutub pand donishvar eldin umid,
Xiradnomalar olmish erdi mufid.
Solur erdi har kun alar sori ko‘z,
Topib dilpisand ish, dilosoy so‘z.
Hakim aytqondek bo‘lub korband,
Ne ishdinki aylab, bo‘lub bahramand.
Necha so‘z alardin bayon aylagum,
Ne maxfisi o‘lsa, ayon aylagum.
Umid ulki, sen ham qilib istimo’,
Sanga dog‘i naf’ aylagay ul mato’.
Biridur Arastu xiradnomasi
Ki, tahrir etibdur aning xomasi.
Shuru’ aylagum garchi mujmal anga,
Vale Tengri hamdidur avval anga.
Chu Haq hamdig‘a aylamish ixtitom,
Bu yanglig‘ Skandarg‘a surmish kalom
Ki: «Bilgilki, olam vafosizdurur,
Ne olamdadur – ham baqosizdurur.
Nekim bo‘lmag‘ay anda poyandaliq,
Anga yaxshi ermas kiroyandaliq
1
.
Yerur Haqki boqidurur, loyazol
Ki, yetmas kamolig‘a oning zavol.
Nekim Tengrining g‘ayri yod etmagil,
Chu yod aylasang, e’timod etmagil.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
438
Haq ollinda mundoqki, sensen haqir,
Sanga, o‘yla yo‘q hech zoru faqir.
Nechukkim sanga marhamat aylar ul,
Sen ul elga ham marhamat uzra bo‘l.
Uluskim sanga bandakirdordur,
Sanga dog‘i bir qodire bordur.
Zaifingg‘a gar lutf qil, gar g‘azab,
Qaviydin dog‘i oni qilg‘il talab.
Kishi muhr aro har ne qildi nigor,
Varaqta hamul naqsh o‘lur oshkor
2
.
Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zungga ravo ko‘rmaganni ravo».
Filotun so‘zidurki: «Yey sarfaroz,
Haq etmish seni xalqdin beniyoz.
Aning lutfidindur bu shavkat sanga,
Aning baxshishidin bu hashmat sanga.
Agar amrig‘a qilmasang inqiyod,
Qachon topqay ollida uqdang kushod.
Sipah fikrig‘a elni qilma taboh
Ki, Tengri qilur ishni, yo‘qkim sipoh.
Sipah tutsa olamni andoqki dud,
Zafar bermasa Haq taolo, ne sudg‘
Sipahni ham asru najand aylama,
Falokat aro mustamand aylama
Ki, shahdin yetishsa sipahg‘a gazand,
Sipahdin erur bim shahg‘a gazand.
Ne mutlaq-inon ayla, ne noumid,
Yetur biymu ummid birla navid.
Sipah xotirin lutf ila shod qil,
Raiyatni adl aylab obod qil.
Bu ikiga sendin qachon yetsa kom,
Topar shahlig‘ing ravnaqu intizom».
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |