3-Bob. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar auditini tashkil qilish
3.1. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lashning auditini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari
Mustaqil mamlakatimizda ushbu modelning tamoyillari asosida
mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo’yicha har tomonlama va
chuqur o’ylangan tadrijiy taraqqiyot dasturini izchil amalga oshirganimiz
inqirozning,
jahon
bozoridagi
keskin
o’zgarish
va
beqarorlikning
iqtisodiyotimizga, moliya va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli darajada
kamaytirish imkonini berdi.
Mamlakatning jahon hamjamiyatiga uygunlashuvi bilan birgalikda
kechmokda. Bu esa bank tizim boshqaruvda tub o’zgarishlarni, nazoratning
tashkiliy tizimini, uslubiyotini va faoliyat ko’rsatishini takomillashtirishni talab
qilmoqda. Xususan, mustaqil, tashki, davlat nazoratiga muqobil bo’lgan auditorlik
faoliyatini iqtisodiyotni infrato’zilmasining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish
zaruriyati
yanada
kuchaymokda.
Shu
tufayli
ham
OATB
“O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lashning auditini
o’tkazish usul va uslubiyotlarini o’rganish bugungi kunning muxim shartlaridan
biridir.
Auditning vujudga kelishi quyidagi shart sharoitlar bilan bevosita bog’liq
ya’ni: ma’muriyat (axborot yetkazib beruvchilar) bilan davlat organlari, banklar,
aktsiyadorlar va boshqalar (axborotlardan foydalanuvchilar) manfaatlarining mos
kelmasligi va buning natijasida ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga
kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi; noto’g’ri
axborotlarga asoslangan xolda xo’jalik qarorlarining kabo’l qilinishi natijasida
noqulay iqtisodiy axvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi; iqtisodiy
axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur bilimlarga extiyoj;
39
axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini
aniqlash uchun malaka yetishmasligi va x k.
15
Bu shart sharoitlar ichki mustaqil ekspertlar xizmatiga bo’lgan bank jamoa
extiyojining paydo bo’lishiga olib keldi. Shu ichki mustaqil ekspertlar maxsus
tayyorgarlikka, malakasiga, tajribaga va shu turdagi xizmatni amalga oshirish
uchun ruxsatnomaga ega bo’lishi talab qilinar edi. Auditorlik xizmati – bu
vositachilik xizmati bo’lib, u moliyaviy axborotning haqiqiyligini tasdiqlash
demakdir.
Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi firma yoki tashkilot o’z faoliyatini
o’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati” to’g’risidagi qonun moddalariga
asosan olib boradilar. Ushbu qonun o’z ichiga 29 ta moddani olib, ta’kidlangan
moddalarda tashki iqtisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi banklarni auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha ham atroflicha fikolar bildirilgan.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli
manbaalarda turlicha bayon qilingan. Umuman auditorlik faoliyati deganda
auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa
professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Respublikamizda davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga auditorlik
faoliyatini amalga oshirish qonun yo’li bilan taqiqlangan.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib uni quyidagicha
tasniflash mumkin ya’ni, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini – birinchi
navbatda buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot
(o’shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligi va unda keltirilgan
ma’lumotlarning haqkoniyligini tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik
xizmatining eng muxim vazifasi hisoblanadi.
Haqiqiy axborotning mavjudligi moliyaiy hisobning samaradorligini
oshirishga imkon yaratadi hamda markaziy baknning qarorlarning natijalarini
baholash imkoniyatini beradi.
15
X.Qosimov va boshqalar Auditorlik faoliyati bo’ycha uslubiy qo’llanmalar to’plami –Toshkent 2010y 290-295
betlar
40
Auditor tekshiruvini majburiy bo’lmagan xollarda ham o’tkazish ahamiyatga
ega. Bozor sharoitida banklarda, kredit berishlar va boshqa xo’jalik mulki, pul
mablag’larini ishlatish, xizmat operatsiyalarini va investitsiyalarni jalb qilinishi
bo’yicha shartnomaviy munosabatlarini amalga oshiradilar.
Bu munosabatlarning ishonchliligi albatta moliyaviy axborotlardan
foydalanish imkoniyati bilan bog’liq Axborotning aniqligini mustaqil auditorlar
tasdiqlaydi.
Audit fani tijorat banklarni ta’sis etishda va uni boshqarish jarayonida
vujudga keladigan hisobot, moliya va tahlilning uslubiy tomonlarini o’rgatadi.
Xususan, tijorat bankini rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni
aniqlash, foydalanilayotgan iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish, ularni bank
xizmatiga jalb etish, bankni raqobatbardoshligi darajasini oshirish, bank
faoliyatini saqlash kabi uslubiy tomonlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, audit banklarda buxgalteriya hisobotlarini rasmiylashtirishni
tashkil etish, mavjud barcha moliyaviy resurslardan foydalanish, samaradorlikka
erishish yo’larini aniqlash, bankning biznes faoliyatiga baho berish kabi masalalar
yechimini ham o’rgatadi.
Umuman olganda bankning menedjerlar, marketing bo’limlari oldida turgan
muommolar yechimini urganishda bu nazorati qo’l keladi. Chunki OATB
“O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lashning auditi
bo’yicha beriladigan hisobotlarni audit tekshiruvidan o’tkazish majburiyat tusiga
kiradi. Shu jixatdan audit xizmatiga zaruriyat paydo bo’ladi.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida bank audit uzoq davrlardan beri
mavjud bo’lib, bu tushuncha turlicha yoritiladi.
Angliyada audit deganda sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarni tekshirish va
bu to’g’risida o’zining mustaqil fikrini bildirish tushuniladi.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha amerika Assotsiatsiya sining fikricha “audit bu
voqea va xodisalar to’g’risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni to’plash va baholi tizim
jarayonidir.
41
O’zbekiston Respulikasining Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunida va
Auditorlik faoliyati milliy stanlartining umumiy koidalarida ta’riflanganidek audit
muayyan vakolatlar berilgan shaxslar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy hisobotlarining to’g’riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy xo’jalik
jarayonlari O’zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda boshqa me’yoriy
xujjatlarga kaydarajada muvofikligini, mukammalligini va asoslanganligini,
buxgalteriya hisob kitobi va boshqa moliyaviy hisobotlar yuritishga kuyiladigan
talablarga hamda o’zga xujjatlar talablariga to’g’ri kelishligini aniqlash maqsadida
o’tkaziladigan moliya xujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit, shuningdek
maslaxatni (konsalting) mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatishni o’z
ichiga oladi.
16
Auditor belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish xukukini
olgan va auditorlarning kasb reestriga kiritilgan mutaxassisdir.
Audit bu bank moliyaviy hisobotlarini mustaqil ekspertiza qilishdir. Bunda
buxgalteriya hisobini yuritish tartibini, saklanishini, bankning moliyaviy
operakiyalarning O’zbekiston qonunlariga; bo’ysunishini, bankning moliyaviy
hisobotlarda tulik va aniq aks ettirilganligini tekshiriladi. Ekspertiza oxirida
auditorlik xulosasi tuziladi.
Tijorat banklarida ichki auditorlik faoliyati bu boshqaruv faoliyati bo’ysinib,
u bankning moliyaviy hisobotlarini, to’lov hisob xujjatlarini soliq deklarakiyalarini
va boshqa moliyaviy majburiyatlarni mustaqil tekshirishga qaratilgan faoliyatdir.
Bundan tashqari ichki audit quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
-buxgalteriya hisobotlari va daromadlari to’g’risidagi deklarakiyalarni to’zish;
-bankning aktivlari va passivlarini baholash;
-moliya, soliq markaziy bank va boshqa xo’jalik qonunchiligi bo’yicha
maslaxatlar berish;
-ichki auditor faoliyatiga bog’liq bir kancha ma’lum koidalar mavjud:
-ichki auditda auditorlarni erkin tanlashi;
16
O’zbekiston Respulikasining Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuni – T 2000 26-may
42
-bankning ichki audit ko’rsatilgan kamchiliklarni yo’qotmasdan turib,
auditorlik xulosasini bermaslik;
-bank auditorlarga qonun va markaziy bankning tomonidan ko’rsatma berilgan
audit va maslaxat xizmatlaridan tashqari bo’lgan bank tijorat va moliyaviy
faoliyat bilan ug’ullanish ta’kiklanadi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash
auditning maqsadi qonun tomondan belgilangan aniq vazifalarini bajarish,
auditorlik faoliyatini me’eriy tartibga solish majburiyatlarni bajarishdir.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lashning auditini faoliyatining asosiy maqsadi bu xizmat yuzasidan
xodimlarning buxgalteriya hisobida mehnat haqlarining haqiqiyligini aniqlash va
ular tomonidan amalga oshirilgan hisoblashish operatsiyalarini me’yoriy
xujjatlarga to’g’ri kelishini tekshirishdan iborat.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash
bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar bo’yicha ichki audit mehnat bo’yicha
hisobotlarning to’g’ri tuzilganligi hamda quyidagilarni tekshirashdi:
- mazkur mehnatga haq to’lash hisob kitobining aniqligini ta’kidlash yoki
ularning noaniqligi to’g’risida maslaxat berish;
-buxgalteriya hisobida mehnat haqi qarzlar, daromadlar va xarajatlari,
bankning ish haqlari natijalarini tekshirilayotgan davrda tuliq aniq va haqiqiy
ko’rsatilganligini tekshirish;
- mehnat haqi fondi tashkil etish bo’yicha hamda ish haqini hisoblash
muomalarini va ajratmalar, viznoslar to’g’risidagi hisobotlarini to’zishni tartibga
soluvchi qoidalarga, me’yoriy xujjatlarga hamda qonunchilikka amal
qilinganligini, shuningdek ish haqi bo’yicha majburiyatlarini baholash usullariga
rioya etilganligini nazorat qilish;
-OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lashning ichki auditidan yaxshiroq foydalanish bo’yicha takliflar berishdan
iborat.
43
Ichki
auditorning
vazifalari
biri
shundayki
OATB
“O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lashning
ma’lumotlar aniqligini auditorlik tekshiruvi orkali yoritishdan iboratdir.
Auditor bunda quyidagilarga: hisobotda xodimlar bo’yicha mehnatga haq
to’lashning hisoblanganligi ko’rsatilganligi; hisobotda barcha xujjatlardan
foydalanilganligi; haqiqatdagi ish haqi summalari va ulardan ushlab qolingan
daromad soliqlar summasi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari summasini hisoblash
tartibini buxgalteriya hisobi siyosatida belgilangan usulidan qanchalik mosligi yoki
farq qilishiga e’tibor qaratishi lozim.
17
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida ichki auditning asosiy
maqsadga erishish va xulosa berish uchun quyidagi savollar bo’yicha o’z fikrni
shakllantirish kerak:
-Ish haqi bo’yicha tuzilgan hisobotning bir-biriga mos kelishi ya’ni hisobotda
umuman uning oldiga quyilgan talablarga javob berishi, hamda bir-biriga to’g’ri
kelmaydigan axborotdan xolis bo’lishi;
-asoslanganlik ya’ni ko’rsatilgan summalarni hisobotga kiritish uchun asos
borligi; (asosiy va qo’shimcha ish haqlari hisobotda ko’rsatilgan va ular balans
tuzilgan kunda mavjud bo’lishi);
-yakunlanganlik ya’ni ish haqi hisobotiga hamma summalar kiritilganligi,
shuningdek ish haqi fondiga bankga tegishliligi;
-baholash ya’ni asosiy va qo’shimcha ish haqi bo’yicha barcha mablag’lar
to’g’ri baholangan va xatosiz hisoblanganligi;
-Turkumlash ish haqini ya’ni summalarni schetlar bo’yicha alohida-alohida
ajratishning to’g’riligini;
-ajratish ya’ni ish haqi operatsiyalar amalga oshirilgan davrda ko’rsatilganmi;
-ichki audit mehnat haqi bo’yicha hisobni saranjomlik ya’ni analitik hisob-
kitoblarda keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi, ularning to’g’ri qo’shilganligi va
17
Tulaxodjaeva M va
Dostları ilə paylaş: |