80-rasm. Odam tanasi mushaklari.
Orqa tomondan ko‘rinishi:
1–chakka mushagi; 2–ensa-peshona mu-
shagining ensa qorinchasi; 3–boshdagi
yarim qirrali mushak; 4–boshning tas-
masimon mu shagi; 5–to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon mushak; 6–trape-
tsiyasimon mushak; 7–deltasimon
mu shak; 8–uch boshli mushak;
9–yelkaning ikki boshli mu shagi;
10–yelka mushagi; 11–bilakni ichkariga
burovchi yumaloq mushak;
12–yelka-bilak mushagi; 13–panja-
ni bukuv chi bilak mushagi; 14–uzun kaft
mu shagi; 15–panjani bukuv chi tirsak mu-
shagi; 16–barmoqlarni bukuvchi yuzaki
mushak payi; 17–yarim payli mushak;
18, 20–yarim pardali mushak; 19–sonning
ikki boshli mushagi; 21–boldir mushagi;
22–kambalasimon mushak; 23–uzun ki-
chik boldir mushagi payi; 24–kalta-kichik
boldir mushagi; 25–oyoq kafti mushagi;
26–katta dumba mushagi; 27–o‘rta dumba
mu shagi; 31–katta yumaloq mushak;
32–kurak qirrasi ostidagi mushak;
33–kichik yumaloq mushak; 34–yelka-bi-
lak mushagi; 35–chaynov mushagi.
ularning tarqalishini chegaralaydi va ba’zi hollarda anesteziya
qilish da yordam beradi. Fassiyalar suyaklarga birikib mushaklar-
aro to‘siqlar
hosil qiladi. Fassiyalar xususiy
va yuza
fassiyalar-
ga bo‘linadi. Xususiy fassiya odam tanasining har bir sohasi-
ga tegishli bo‘lib, shu nom bilan ataladi. Agar mushaklar birne-
cha qavat joylashgan bo‘lsa, unda qavatlar o‘rtasida xususiy fas-
siya qatlamlari yuza qavat orasida – yuza qatlam,
chuqur qavat
orasida esa – chuqur qatlam hosil bo‘ladi. Yuza fassiyalar te-
ri ostida joylashgan bo‘lib, mushaklarni teri osti yog‘ to‘qimasi-
dan ajratib turadi, shuning uchun uni teri osti fassiyasi ham deb
ataladi. Yuza fassiya yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzil-
gan bo‘lib, u teri ostida butun tanani o‘rab turadi va unda ba’zi
bir sohalarda yog‘ to‘qimasi to‘plangan bo‘ladi. Fassiyalar tana-
146
ning turli qismlarida har xil taroqqiy etadi. Agar mushaklar ha-
rakati kuchli bo‘lsa (oyoq da) fassiyalar qalin bo‘ladi. Qo‘l va
oyoqning ba’zi bo‘g‘imlari sohasida (bilak-kaft oldi, boldir-oyoq
panja bo‘g‘imi) mushak paylarining yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu so-
halarda fassiyalar qalinlashadi va suyaklarni turtib chiqqan joy-
lariga birikib mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gichni hosil qiladi.
Bu sohada mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gich ostida kanallar
hosil bo‘lib, ulardan mushak paylari o‘tadi. Bu kanallami fib-
roz yoki suyak-fibroz kanallar deb ataladi. Fibroz kanallar fas-
siyalardan hosil bo‘lsa, suyak-fibroz kanallari fassiya va suyaklar
o‘rtasida hosil bo‘ladi. Ular payni bir holatda ushlab turib, ular-
ning harakat kuchining yo‘nalishini ta’minlaydi. Fibroz kanal-
larning devorlari sinovial parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda
kanalni ikkala uchida payni o‘rab, yopiq sinovial qinlar hosil qi-
ladi. Sinovial pardaning bir qismi payni o‘rab olib unga birikib
ketadi va uning visseral varag‘ini hosil qiladi. Ikkinchi qismi esa
fibroz qinini ichidan qoplab uni devoriga birikib parietal varaq-
ni hosil qiladi. Visseral varaqning parietal varaqqa o‘tgan yerda
sinovial parda 2 qavat bo‘ladi va uni pay tut qichi mezotendiniy
deyiladi.
Mezotendiniy ichida payning qon tomirlari va nervlari joy-
lashadi. Sinovial qinning visseral va parietal varaqlari orasida
bo‘shliq bo‘lib, unda birnecha tomchi suyuqlik bo‘ladi, u pay ha-
rakat qilgan vaqtda uni ish qalanishdan saqlaydi.
Pay yoki mushaklar suyaklarning ko‘tarilgan joyiga tegib tur-
sa, bu yerlarda sinovial xaltalar hosil bo‘ladi. Ular biriktiruvchi
to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, ularning ichida ozgina suyuqlik bo‘la-
di. Bu suyuq lik ham payni ishqalanishdan saqlaydi. Sinovial xal-
taning devori bir tomondan harakatlanuvchi pay yoki mushakka
yopishgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan suyaklarga yopishadi. Xalta
bo‘shlig‘i qo‘shni bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi.
Mushak paylari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan joylarda g‘al-
tak
hosil bo‘lib, uning ustida pay xuddi kamar o‘q ustidan o‘tga-
nidek bo‘ladi. G‘altaklar suyakdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu
hollarda suyak ust tomondan tog‘ay bilan qoplanadi. Bunda suyak
bilan pay o‘rtasida sinovial xalta joylashgan bo‘ladi. Fibroz g‘al-
taklar fassiya boylamlaridan hosil bo‘ladi.
Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo‘ladi. Bularga
no‘ xat simon suyak va tizza qopqog‘i kiradi.
|