82
muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar
va loyihalar yarmarkasi o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar
davomida o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq
ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd.
so‘mdan ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi.
O‘zbekiston olimlari demokratik va huquqiy jamiyatning ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy rivojlanishini tadqiq qilish, innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirish, energetika va energiya xomashyoni
tejash, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya, kimyo, bio va
nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish, tibbiyot, farma-kologiya, geologiya, geofizika,
seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib kelmoqda.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi. Jumladan,
2002-yildan «O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to‘plamlari
nashr etilib, ularda respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik
tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010-yildan
esa «O‘zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlandi.
Fanning boshqa yo‘nalishlaridagi olimlar ham yirik natijalarni qo‘lga
kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti
tomonidan tayyorlangan 10 jildlik «Tabiiy birikmalar (O‘simlik zaxira-
lari, tuzilishi va xossalari)» nomli noyob ma’lumotnoma ingliz tilida
Londonda chop etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik
rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy
mahsulot eksporti 8,2 martaga ko‘paydi.
Dostları ilə paylaş: