35
3.
Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini boshqaradigan kishilarni(oila,
maktab va bolalar bog‘chasining yagona tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-
birlariga yaqinlashtirishni qo‘yadi.
Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. Ta’lim-tarbiya to‘garagi
yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi,
shu sababli to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishar edi.
Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha bo‘lgan ikki xil yosh
guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi.
Harakatli o‘yinlar, xor bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar
yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan
fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan, bu ishlarni mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshirilgan.
Ta’lim-tarbiya to‘garagi bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ish saviyasini oshirishga yordam
berdi. Tarbiyaviy ish mazmuniga muayyan tizim, xilma-xil ish shakllari kiritildi. Lekin maxsus
tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiyachilar bo‘lmaganligi sababli ko‘pincha bog‘cha
tarbiyaviy
ishining mazmuni betartib amalga oshirilar edi.
1903-1914 yillar davri maktabgacha tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya g‘oyalarining jadal
suratda o‘sishi bilan xarakterlanadi. Sirdaryo, Samarqand, Toshkent shahrida bolalar bog‘chalari
kabi ayrim bog‘chalar yuzaga keldi.
1909-1910 yillarda va keyinchalik xususiy bog‘chalar paydo bo‘ldi: bu bog‘chalarda 6-
yoshdan boshlab bolalarni asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar
bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega
bo‘lgan va chet tillarini biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar
bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi. Davlat tomonidan ijtimoiy
bolalar bog‘chalari faqat 1917 yildan keyingina yalpi tarzda tashkil etildi.
1917 yil 20 noyabrda Xalq Komissarlari tomonidan “Maktabgacha
tarbiya yuzasidan
Deklaratsiya” e’lon qilinib, unda: “Bolalarni ijtimoiy tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug‘ilgan
kunidan boshlanadi” – deyilgan edi.
Maktabgacha tarbiya butun xalq maorifi tizimining birinchi bo‘g‘ini va tarkibiy qismi
bo‘lib qoldi. 1919 yilda qabul qilingan Davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida ijtimoiy tarbiyani
yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha ta’lim-tarbiya tarmoqlarini
vujudga keltirish haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumuiy siyosiy yo‘li asosida Turkiston
ASSR Maorifi Xalq Komissarligi oldida davlat maktabgacha ta’lim-tarbiya tarmoqlarini vujudga
keltirish, metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va b. mas’uliyatli vazifalar paydo
bo‘ldi.
Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918 yilning ikkinchi
yarmida tashkil
etila boshlandi. 1918 yil 20 oktyabrda Turkiston Maorif xalq komissarligi qoshida Respublikadagi
maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma’muriy organ sifatida
maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining
qoshida maktabgacha tarbiya bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada maktabgacha
tarbiyaning jonlantirishga yordam berdi.
Maktabgacha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishdan:
4.
Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash;
5.
Maktabgacha tarbiya xodimlari,
shu jumladan mahalliy, milliy vakillaridan kadrlar
tayyorlash;
6.
Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.
“Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va unda bo‘lim 3-yoshdan
8-yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshdagibolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi,
mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi. Yangi bolalar bog‘chalari, yaslilar, bolalar uylari,
36
maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi,
bolalar bog‘chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil qilindi.
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish
uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918 yilda Toshkentning sobiq eski
shahar qismida o‘zbek bolalari uchun 4 ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘lindi:
1-bog‘cha – Shayxontoxur dahasida (Hasanova (mudira),
Mahsuma Qoriyeva, Robiya
Abdurashidova (tarbiyachi)
2-bog‘cha – Xo‘ja ko‘chasida (Anvara Yausheva (mudira)
3-bog‘cha – Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan
4-bog‘cha – Beshyog‘och dahasida (Qodirxonov (mudir)
1920 yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu jumladan,
mahalliy
aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida
o‘zbek va boshqa mahalliy millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha
davrda
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida jami 6394 bola tarbiyalanar edi. 1921 yilga kelib bolalar
bog‘chalarining soni 105 taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 32
taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni qariyib 8000 kishiga yetdi, ulardan
2000 dan ko‘prog‘i mahalliy millatlarning farzandlari edi.
Ulug‘ vatan urush yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari
va bolalar
maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 1994 yil 1-yanvariga kelib,
maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimida 54 ming bola tarbiyalandi. Ana shu maqsad uchun davlat
tomonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog‘chalarida ko‘chirib
keltirilgan 16.000 dan ko‘proq bolalarni tarbiyalandi. Shuningdek, ota-onasiz qolgan qariyb 400
nafar bolani vasiylikka olish tamoyiliga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
Dostları ilə paylaş: