35
Debet 8710
-“Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan
zarar)”
Kredit 8330
-“Paylar va ulushlar”.
MCHJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o’z
ulushini
olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar beriladi:
Debet 8330-“Paylar va ulushlar”
Kredit 6620-“Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo’yicha
qarzlar”.
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MCHJ ma’lum jamg’arilgan
foydaga ega bo’lsa, u xolda ta’sis xujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiq
muassislarning unga ham haqi bor.
Debet 8720-“Jamg’arilgan foyda”
Kredit 6620-“Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo’yicha
qarzlar”.
Muassis chiqib ketayotganida olgan jamg’arilgan
foyda summasidan
olgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’ini to’lashi lozim.
Muassis ustav sarmoyasidan o’z ulushini olib chiqib ketayotganida xech
qanday chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin.
Muassis chiqib ketayotganida uning qarzining to’lanishiga
quyidagicha
provodka beriladi:
Debet 6620-“Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo’yicha
qarzlar”
Kredit 5010, 5110-“Pul mablag’lari”.
Ta’sischilar bilan hisoblashishlar.
Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng
ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning
qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari
bo’yicha olib boriladigan xisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav
kapitaliga
badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’ida olib boriladi. 4610-
hisobvaraq aktiv bo’lib, debet sal’dosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan
sal’dosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan
36
ta’sischilarning
qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan
utkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qiymatliklar
va mulklar qiymatini
ko’rsatadi.
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini
yuritish uchun asos bulib ta’sis xujjatlari, asosiy
vositalar va nomoddiy
aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari,
kirim kassa orderlari va
boshqalar hisoblanadi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga
Dostları ilə paylaş: