Apparat (yo‘g‘on) ip yigirish sistemasi
Bu sistema asosan past navli, kalta tolali paxtadan hamda yigiruvbop tolali
chiqindilardan chiziqiy zichligi T=50
1000teks (Nm = 1-20) bo‘lgan ip yigirishda
ishlatiladi.
Apparat sistemasida yigirilgan ip bo‘sh, notekisligi yuqori, pishiqligi past,
cho‘zilmaydigan, xajmdor va tukli bo‘ladi. Ular asosan tanda iplari sifatida bumazey,
paxmoq, flanel, va boshqa issiq, yumshoq gazlamalar to‘qishda ishlatiladi.
Ip yigirishning melanj usuli ham mavjud bo‘lib, unda bo‘yalgan va bo‘yalmagan
tolalar aralashmasidan o‘rtacha chiziqiy zichlikdagi iplar tayyorlanadi. Ular pishiq, bir tekis,
tukli, va toza bo‘lib, har xil rang barang ip jun, ip duxoba kabi gazlamalar to‘qishda
ishlatiladi.
Talaba bu sistemalar to‘g‘risidagi tushunchani daftarida qayt etadi.
Laboratoriya ishining maqsadi:
yigirish sistemalarida qo‘llaniladigan jarayonlar
ketma ketligini o‘rgatishdir.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar:
Yigirish
sistemalari plakatlar, kompyuter va proektor.
Topshiriq
1.
Karda, qayta tarash va apparat sistemalarida ishlatiladigan mashinalar ketma-ketligi
bilan tanishing.
2.
Sistemalarda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar bilan tanishing.
Uyda:
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Bu vazifani birinchi savolida
o‘quv laboratoriyasidagi mavjud mashinalar bilan
tanishtirilib, karda hamda qayta tarash sistemalari bo‘yicha ma’lumotlarni 2.9-jadval shaklida
yoziladi.
3.8-jadval
Karda yigirish sistemasi (halqali usul)
t/r
O‘timlar
Mashina
markalari
Texnologik jarayonlar nomi
Mahsulot
nomi
1
Titish,
aralashtirish va
tozalash
BO-C, CVT3,
Dustex DX-385
Toydagi
paxtani
mayda
bo‘laklarga ajratib titish va
aralashtirish, tozalash .
Titilgan paxta
tolasi massasi
2
Tarash
DK-903
Titilgan paxta bo‘lak-chalarini
tolalarga
ajra-tish,
tozalash,
qisman
tolalarni
to‘g‘irlash,
parallellash, tarash.
Taralgan
pilta
3 Piltalash
I-o‘tim
II -o‘tim
HSR-1000
HSR-1000
Mahsulotni qo‘shish va cho‘zish.
Piltalangan
pilta
4
Pilik tayyorlash
Zinzer-668
Cho‘zish, pishitish va o‘rash.
Pilik
5
Ip yigirish
Zinzer-350
Cho‘zish, pishitish va o‘rash.
Yakka xom ip
3.9-jadval
Qayta tarash sistemasi
t/r
O‘timlar
Mashina
markalari
Texnologik jarayonlar nomi
Mahsulot
nomi
1
Titish,
aralashtirish va
tozalash
BO-C, CVT3,
Dustex DX-385
Toydagi
paxtani
mayda
bo‘laklarga ajratib titish va
aralashtirish, tozalash .
Titilgan paxta
tolasi massasi
2
Tarash
DK-903
Titilgan paxta bo‘lakchalarini
tolalarga ajratish,
tozalash,
qisman
tolalarni
to‘g‘irlash,
parallellash, tarash.
Taralgan
pilta
3 Piltalash
0-o‘tim
HSR-1000
Mahsulotni qo‘shish va cho‘zish.
Piltalangan
Pilta
4 Pilta birlashtirish
mashinasi
Tekstima-1576
Mahsulotni qo‘shish
Xolstcha
tayyorlash
5 Qayta tarash
Tekstima-1532
Tozalash,
qisman
tolalarni
to‘g‘irlash, parallellash, tarash,
cho‘zish.
Qayta taralgan
pilta
6 Piltalash
I-o‘tim
HSR-1000
Mahsulotni qo‘shish va cho‘zish.
Piltalangan
pilta
7
Pilik tayyorlash
Zinzer-668
Cho‘zish, pishitish va o‘rash.
Pilik
8
Ip yigirish
Zinzer-350
Cho‘zish, pishitish va o‘rash.
Yakka xom ip
Mazkur jadval shaklida karda yigirish sistemasi pnevmomexanik usuli, karda yigirish
sistemasi MDH mashinalari, qayta tarash sistemasi MDH, qayta tarash sistemasi xorijiy
firmalar mashinalarini mustaqil ravishda o‘rganiladi va yozma qayd etiladi.
3.10-jadval
|