“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 86 ~
fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo’lishini istaydilar. Ana shunday
«xohlayman» va «kerak» o’rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda,
keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman»
fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o’smir bola tushunishga
o’rgatilmagan bo’lsa va «kerak» bo’lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo’lsa, u
o’zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi
hamda o’zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O’smirning yangi
huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o’zaro munosabatlarning butun muhitiga oid
bo’ladi. O’smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko’rsata
boshlaydi:
uning
mustaqilligini
cheklashganda,
vasiylik
qilishganda,
yo’naltirishganda,
nazorat
qilishganda,
quloq
solishni
talab
qilishganda,
jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda
u norozilik bildiradi.
O’smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini
Dostları ilə paylaş: