Ota-onalar uchun
ayrim tavsiyalar!
Hayotdagi har bir voqeada al-Hakim bo’lmish Allohning hikmati yotishini
tushuntiring! Ayrim kishilarni ko’rib - Alhamdulillah deya shukr qilishga, ba’zilarga
qarab Insha Alloh deya havas qilishga targ’ib qiling! Qanday yutuqlarga
erishsalar, bu ar- Rohman bo’lgan Allohning mukofoti ekanligini, Alloh juda
mehribon ekanligini bildiring! Qiyinchilik yetganda bu shunchaki bir sinov
ekanligini, Allohning huzurida darajamiz ko’tarilishi uchun iymonimiz imtihonlardan
o’tishi kerakligini, bizga nima yaxshi bo’lishini Alloh bizdan-da yaxshiroq bilishini
tushuntirishga harakat qiling!
Aziz ota-onalar, kitobni o’rganish jarayonida farzandingiz bilan bo’lajak
suhbatlar hayajonli, qiziqarli va manfaatli bo’lishini tilab qolamiz! Toki siz sabab
ular Allohni yanada ko’proq sevib qolsinlar!
Bu yo’lda qilgan kamtarona harakatimizni Alloh subhanahu va taolo
ajru savoblar bilan mukofotlashini duo qilamiz! Amin!
Dostları ilə paylaş: