Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
142
xilma-xilligi barchaga ma‘lum. Xo‗jalik faoliyatida XFU (xlorftoruglerodlar),
bromli metall, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham Ozon
qatlamining siyraklashishiga olib keladi. Keyingi paytda aviatsiya, kosmik
raketalar ta‘siri ham e‘tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan
samolyotlar azot oksidi otilib chiqishi stratosfera Ozoniga ta‘sir ko‗rsatadi.
Eng katta ―Ozon tuynuklari‖ Yerning janubiy va shimoliy qutblarida qayd
etilgan. 1957- yildan boshlab mutaxassislar shu ―tuynukni‖ Xalli qo‗ltig‘ida,
Antraktida, Britaniya antarktik stantsiyasida kuzatdilar. Ozonning solishtirma
zichligi kamayishining birinchi alomatlari 80- yillarda qayd etildi. Yil sayin yoz
paytida ikki oy (sentabr-oktabr) davomida Antarktika hududining ko‗p qismida
Ozon solishtirma zichligining keskin kamayishi (hozirda 60 %gacha) natijasida
―Ozon tuynugi‖ sayyoramizning janubiy yarim sharida shakllanadi.
Arktika ustida ―Ozon tuynugi‖ning paydo bo‗lishi yangi hodisadir. Arktikada
qish mavsumi oxiri bahor mavsumining boshida stratosferada Ozon hajmining 10-
15 %i yo‗qolganligi aniqlangan. Lekin Ozon qatlami faqatgina qutb mintaqasida
kamayadi deb bo‗lmaydi. So‗nggi 30 yil ichida qish oylarida sayyoramizning
shimoliy yarim shari ustida Ozon kontsentratsiyasi 3-5 %ga pasaymoqda. Yerning
janubiy yarim sharida Ozon qatlamining siyraklashishi ekvator zonasida ham qayd
etilgan.
Dostları ilə paylaş: