210
Bog’cha
yoshidagi bolalar xayolining rivojlanishiga turli xil xikoya va
ertaklar xam ta’sir ko’rsatadi. Xalq turli qiziqarli ibratli va ta’limiy ertaklar
ijod etishi bog’cha yoshidagi bolalarni ham unutmagan. O’zbek
xalqining
og’zaki adabiyotida yosh bolalarga tus
hunarli, sodda til bilan yaratilgan
ertaklar mavjud. Bulardan tashqari, rus va boshqa
xalqlarning tillaridan
o’zbek tiliga tarjima qilingan ertaklar xam ko’p. Bog’cha yoshidagi bolalar
uchun yaratilgan ertaklarning ko’pi antropomorfizm
Xarakteriga egadir.
Buning ma’nosi shuki, ertaklarning qaxramonlari odamlarga o’xshab
“gapiradigan” xayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklarni juda
yoqtiradilar va Har doim maroq bilan tinglaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar xayvonlar xaqidagi turli ertaklarni
eshitgan
larida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum
munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qiladigan bo’ri obrazini,
xaddan tashqari ayyor tulki obrazlarini
bolalar obrazlarini bolalar
sevmaydilar, ularga qo’rqoq quyon, xo’roz, g’oz, echki b
eozor
xayvonlarning obrazlari yoqadi. Turli ertaklar bolalarning xayollariga
to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadi. Ular o’z xayol kuchlarini ishga solib,
eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi
turli obrazlarni qiyofasiga
kiradilar. Boshqacha qilib aytganda, e
shitgan ertaklari ular o’yinining
mazmuniga xam ta’sir etadi.
Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy axamiyatini
nazarda tutib pedagog-
tarbiyachilar bolalarga ertak aytib berish va o’qib
berishga aloxida e’tibor bilan qarashlari lozim.
Shu
nday qilib, xayol bog’cha yoshidagi bolalarning taraqqiy
etishlarida katta o’rin egallaydi. Shuning uchun ham bog’cha
yoshidagi
davrda bolaning xayoli
еtarlicha o’sgan bo’lishi kerak, chunki maktabdagi
o’qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilis
h qobiliyatining,
xususan tiklovchi xayolning yaxshi o’sgan bo’lishini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: