200
maqsad-muddaosini og'zaki ifodalaydi. So'ngra faoliyatni bajarish davrida
olingan natijalarni og'zaki qayd etadi, og'zaki ravishda yangi harakatlarni
rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2
bosqichdan iborat bo'ladi:
1) og'zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni
amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig'ilib,
interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo'nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki
nutqqa aylanadi.
Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni intensiv
ravishda o'zlashtirishga sabab bo'ladi. Bola nutqi borgan mazmunliroq
bo'lib boradi. Situativ nutq - kichik bog'cha yoshdagi bola nutqining asosiy
shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot beruvchi nutqqa o'rnini
bo'shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni suhbatdosh faqat til vositalari
asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan
Xarakterlanadi.
Nutqning kontekst shakli fikrning to'laligicha, mantiqiy to'g'ri ketma-
ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qo'llanilishini
taqozo qiladi. O'z tuzilishiga ko'ra kontekst nutq yozma nutqqa
yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning ixtiyoriyligidir.
Bog'cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka o'rgatish bo'yicha olib
boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga
asoslanadi. Savodxonlikka o'rgatishning bog'cha yoshiga mo'ljallangan
shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab
chiqilgan.
Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va
xususiyatlarini o'rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini
aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 yoshli bolalar
savodxonlikni o'rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega
ekanligini, 6 yoshdan esa o'qishga e'tiborli bo'lishini aniqladi. Shundan
kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlarni analiz qilishga
o'rgatishning eng optimal davri, 6 yoshni esa o'qishga o'rgatishga eng
optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta'kidladi.
Dostları ilə paylaş: