7-§. Saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish
Saylovlarni tashkil qilish va o'tkazish mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan,
qonunlarda aniq muddatlari ko‘rsatilgan tadbirlar tizimidan iborat. Bu saylov
jarayoni deb ham ataladi.
Birinchi tadbir bu saylov jarayonining boshlanishiga asos soluvchi harakat,
ya’ni, saylov kampaniyasining boshlanganligini e’lon qilish (bo‘shab qolgan
o‘rinlarga saylov tayinlash) hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda barcha saylovlarda saylov
kam paniyasining boshlanganligini e’lon qilish Markaziy saylov komissiyasining
vakolatiga kiradi va u tegishli organlarning vakolat muddati tugashidan kamida
uch oy oldin e’lon qilinadi.
Ikkinchi. Saylov okruglari va saylov uchastkalarini tuzish.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda mamlakat bo‘yicha 150 ta
okrug tuziladi, unda saylovchilarning soni teng bolishiga erishiladi.
M a h a lliy K e n g a s h la rg a saylovda v ilo y atlar va To sh k en t s h a h ri u ch u n
60 tagacha okrug, tum an va shahar Kengashlari uchun saylovda 30 tagacha
okru g tuziladi. Saylov okruglari saylovga kamida yetmish besh kun qolganda
tuziladi. Qonunchilik palatasiga va Prezident saylovida okruglar, viloyatlar,
Toshkent shahri hokimlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi taqdimiga
muvofiq M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Viloyat, tum an, shahar Kengashlariga saylov o‘tkazishda okruglar shu
Kengashga saylov o‘tkazuvchi komissiya tomonidan saylovga kamida yetmish
besh kun qolganda e’lon qilinadi.
Saylov uchastkalari saylovchilarga qulay sharoit yaratish uchun saylovga
kamida oltmish kun qolganda, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar, ko‘pi
bilan uch ming saylovchiga tuziladi. Istisno tariqasida, saylov uchastkalari olis
joylarda, xorijdagi vakolatxonalarda saylovga kamida besh kun qolganda ham
tuzilishi mumkin. Saylov uchastkalari okrug saylov komissiyalari tomonidan
(Qonunchilik palatasi va Prezident saylovida) tuziladi.
224
Mahalliy Kengashlarga saylovlarda saylov uchastkalari tegishli Kengashga
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov uchastkalari
hokimliklar, harbiy qism qo‘mondonlari taqdimnomasi asosida tuziladi. Qonunchilik
palatasi, Prezident saylovida xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarda Tashqi
ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan saylov uchastkalari tuziladi va ularni qaysi okruglar tartibiga kiritish
masalasini Markaziy saylov komissiyasi hal qiladi.
Uchinchi. Saylov komissiyalarini tuzish.
Qonunchilik palatasi va Prezident saylovida uch turdagi saylov komissiyalari
ishtirok etadi, bular: Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi,
uchastka saylov komissiyasi.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlovchi organ bo‘lib, Oliy Majlis
palatalari tomonidan tuziladi. Uning raisi Prezident taqdimiga binoan komissiya
a’zolari orasidagi komissiya majlisida saylanadi. Rais o‘rinbosari, kotibi komissiya
a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. Markaziy saylov komissiyasi
saylovning barcha jarayonlariga
rahbarlikni
amalga
oshiradi,
majburiy
xarakterdagi hujjatlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasiga saylovda okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda rais, rais
o‘rinbosari, kotib va kamida olti nafar boshqa a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.
Qonunchilik palatasiga saylovda uchastka saylov komissiyalari okrug saylov
komissiyalari tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganda besh-o‘n to‘qqiz nafar
a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari, kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar
komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat bo‘lsa, rais va kotib saylanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylovda, viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi
saylov komissiyasi, tum an Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi,
shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiya va okrug saylov komissiyalari,
uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov kodeksiga kiritilgan oxirgi
o‘zg artirish la rg a ko‘ra, tu m an (shahar) kengashlariga saylovda ok ru g saylov
komissiyasi tashkil qilinmaydi, un in g vazifasini tu m an (shahar) kengashlariga
saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi am alga oshiradi.
Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari (alohida-alohida) tegishli
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida
komissiya raisi va olti-o‘n to‘rt nafar boshqa a’zolardan iborat tarkibda tuziladi, ular
o‘z vakolatlarini keyingi navbatdagi saylovlar e’lon qilinguncha davom ettiradi.
Komissiya raisi o‘rinbosari va kotibi komissiya majlisida uning a’zolari orasidan
saylanadi. Okrug saylov komissiyasi tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi
komissiya tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganda komissiya raisi, rais
o‘rinbosari kotibi va olti-sakkiz nafar a’zolardan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka saylov komissiyasi tum an, shahar saylov komissiyasi tomonidan
saylovga kamida qirq kun qolganida besh-o‘n to‘qqiz a’zodan, shu jumladan
rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya
tarkibi yetti nafargacha a’zodan iborat tartibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
225
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari (hamma saylovlarda ham) ko‘paytirilishi
yoki kamaytirilishi mumkin.
Saylov komissiyalarining vazifalari, vakolatlarining tashkil bo‘lish tartibi
Saylov kodeksida belgilangan.
To‘rtinchi. Deputatlikka nomzod ko‘rsatish.
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga faqat siyosiy
Dostları ilə paylaş: |