Tabiatning har bir narsasi inson hayoti uchun zarur manbadir. Insonning
so g ‘lig‘iga, qancha um r ko‘rishiga tabiiy muhit ham ta ’sir qiladi, albatta. Ana shu
ta ’sir ijobiy bo‘lishi uchun atrof muhit sog‘lom bo‘lishi kerak. Atrof muhitning
so g ‘lom bo‘lishi har bir kishiga bog‘liq. Shuning uchun Konstitutsiyaning
50-moddasida: «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lishga majburdirlar», degan qoida mustahkamlangan.
Tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish xalqimizga xos xususiyat.
Oqar suvlarni ifloslantirmaslik, axlat tushgan joylarni tozalab qo‘yish, yashash
joyini ozoda saqlash kabi amallar muqaddas dinimiz ta ’limotlarida ham mavjud
bo‘lib, unga uzoq vaqtlar ixtiyoriy amal qilingan.
Afsuski, sobiq tuzum davridagi tartib-qoidalar, turm ush sharoiti xalqimiz
ongidan ko‘plab ijobiy urf-odatlarni, qarashlarni chiqarib yubordi, tabiatga,
atrof muhitga bepisandlik bilan qarashga o‘rgatdi, hatto tabiat boyliklari, atrof
m uhitga jinoyatkorona yondashishni oddiy hoi qilib qo‘ydi.
Mustaqillikka
erishgach,
atrof
muhitga
ehtiyotkorona
munosabatda
bo lm asd an , tegishli natijalarga erishish mumkin emasligi e’tirof etilgan holda
ba’zi burchlar Konstitutsiyada mustahkamlandi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida, ko‘plab qabul qilingan qonunlar, atrof
tabiiy muhitni saqlash choralarini belgilab, mazkur burchni ta ’minlashni nazarda
tutadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g ‘risida»gi,
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g ‘risida»gi, «Yer osti boyliklari
to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi, «Atmosfera
havosini muhofaza qilish to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘rmon to‘g ‘risida»gi qonunlar, Yer
kodeksi va boshqa huquqiy hujjatlar tabiatni, atrof muhitni muhofaza qilishni
nazarda tutadi. Atrof muhitga taalluqli qonunlar miqdori ko‘pligining o‘zi atrof
m uhitga jiddiy munosabatda bo‘linayotganligini ko‘rsatadi.
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiyati
faqat atrofni toza saqlash, ekologiyani buzmaslik, tabiat ne’matlariga zarar
keltirmaslikkina emas, tabiatning barcha boyliklariga (yer osti manbaalari,
hayvonot dunyosi) ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Chunki
ularning barchasi tabiat qismi va hayotiy manbalardir.
Dostları ilə paylaş: