9
bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‗rgatish
davrida sinfdan tashqari o‗qish haftada bir marta o‗tkaziladi va unga o‗qish
darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‗qish va yozishga
o‗rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini
mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‗tkaziladi. ―Alifbe‖,
kartoteka va metodik qo‗llanmalarda berilgan didaktik o‗yinlardan foydalanib, bir
turidan boshqa turiga o‗tiladi va o‗quvchilar toliqishining oldi oladi.
Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar o‗qituvchi rahbarligida tabiatdagi
o‗zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va
shular asosida hikoya tuzishni o‗rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha
ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‗zaro muomala madaniyati
alohida ahamiyat kasb etadi.
O‗qish va yozish nutq faoliyatining turi. Maktabda o‗qitish elementar o‗qish
va yozishga o‗rgatishdan boshlanadi. ―Alifbe‖ga asoslangan holda qisqa vaqt
ichida o‗quvchilar o‗qish va yozishga o‗rgatiladi, ya‘ni o‗qish va yozish
ko‗nikmasini egallaydilar.
Savod o‗rgatish davrida o‗qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq
ravishda bajara olish
Dostları ilə paylaş: