10-Mavzu: Camtasia studio dastur video darsliklarni
yaratish va qayta ishlash.
Reja:
1. Camtasia studio dastur va uning imkoniyatlari.
2. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli.
3. Camtasia studio dastur vaqt shkalasi.
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni
yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu
dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar
orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni
yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar
berish, to‘g‘rilash, ravshanlik, ularning o‘lchamlarini almashtirish, kerakli
formatlarda saqlash va boshqalar.
Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o‘xshash
kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari
videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib
kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib
borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan
sohasini yozib olish mumkin, shundan so‘ng video va audioning turli effektlarini
berishimiz mumkin bo‘ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib
olish uchun yetarlicha yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kompyuter tanlansa ish
unumdorligi ortadi albatta.
Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o‘zining shaxsiy
TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo‘lib, tasvirni kodlashtirishda
yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo‘lgan ortiqcha yuklanishlarni
minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo‘lgan
kompyuterlarda ham foydalanish mumkin.
Dasturning asosiy imkoniyatlari:
1.
Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni,
mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.
2.
Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.
3.
Videoyo‘laklarni kesib olish, birlashtirish, o‘chirish va qo‘shish.
4.
Audio yozuvlar qo‘yish va tahrirlash.
5.
Videoni bizga qulay bo‘lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV,
WMV, PPT, GIF, RM, CAMV.
Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan dasturlar
soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va video-
darslarning ko‘payishi va ommalashishi bilan bog‘liq. Ammo ushbu dasturlarning
barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa
boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi.