150
151
yotgan yapon hokku va tankalarining sir-u asrori haqida
bir mulohaza yuritsak, men aytayotgan fikrning mag‘zi
yanada oydinlashadi.) Shundan ham ko‘rinib turibdiki,
dunyoda biron shaxs va uning biron-bir ishi o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lib qolmaydi, aksincha, hamisha tarixdan, sa-
laflardan nimadir (hatto u salaflarga sira «o‘xshamasa»
ham) o‘rganiladi. Xuddi shunday,
bugun biz yangicha,
modern deb atayotganimiz she’riyat ham hali shaklla-
nish bosqichida, bas, uning ham mevalari larzon-larzon
pishgan, hosildor fasliga, nasib qilsa, endi kirib kelamiz.
Ayni chog‘da, ta’kidlab aytish joizki, turli xil ko‘rinishda-
gi modern yoki modern-realistik she’rning yaxshi-yaxshi
namunalarini o‘sha Asqad Muxtorning «99-miniatyura»-
sidan, o‘sha Rauf Parfining «Sabr daraxti»ga kirgan «uch-
lik»laridan, 70-yillar avlodi shoirlarining unumli tajriba-
laridan tortib to shu kunda faol ijod qilayotgan Bahrom
Ro‘zimuhammad, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor kabi sho-
irlar ijodlaridan topish mumkin. Shermurod Subhon, Oli-
ma Nabizoda, Go‘zal Begim, Dilrabo Mingboyeva, Oydin
kabi o‘nlab yosh ijodkorlarning o‘z ilk mashqlarini aynan
modern ohanglarda e’lon qilayotganliklari ham modern
she’r haqidagi asosiy bahs-munozaralar hali oldinda eka-
nidan dalolat beradi.
Ustoz, meni boshqa bir narsa o‘ylantiradi, ko‘pincha
an’anaviy she’r bilan modern she’r o‘rtasidagi chegarani
topolmay qiynalaman. Darhaqiqat, ularning chegarasini
kim qo‘yib bera oladi? Ular o‘rtasidagi farq faqat an’-
anaviy she’rning qat’iy ritm va qofiyaga asoslangani-yu
modern she’rning bulardan «ozod» ekanligi bilan o‘l-
chanishi haqidagi «haqiqat» allaqachon o‘z
qimmatini
yo‘qotmadimi? Bunday tasnifda mohiyat emas, shakl bir-
lamchi bo‘lib qolmaydimi? Umuman, an’anaviy va mo-
dern she’rni ajratib turuvchi chegara tobora buzilib bor-
mayaptimi?
Mening kimligimni bilmaydi hech kim,
Men bir g‘alatiman, men alohida.
Ko‘zimning yoshini keladi ichgim,
Tilimni chaynagim kelar gohida.
(Muhammad Yusuf)
Mana shu she’rni kim qaysi «izm»ga qo‘shgan bo‘lar-
di? Darhaqiqat, u modernistikmi yo an’anaviy? Suratiga
(aytgandek, she’rning o‘zi ham «Surat» deb nomlanadi)
qaraydigan bo‘lsak, u an’anaviydir. Biroq she’rning faqat
shakligina uning kategoriyasini belgilab bera olarmikan?
Bu o‘rinda shoirning she’rda aks etgan dunyoqarashi
va kayfiyati birlamchi emasmi? Axir, li rik qahramonning
qandayligi sizni o‘ziga jalb qilmayaptimi? Axir u o‘zining
«sirli va g‘alatiligi»dan so‘z ochyapti-ku!.. Bu shunchaki
olifta so‘z yoxud o‘ziga e’tibor qaratish emas. Isboti – lirik
qahramonning haqiqatan notabiiy holati – «Ko‘zimning
yoshini keladi ichgim, Tilimni chaynagim kelar gohida».
Bunday murakkab, ziddiyatli ruhiy-dramatik holat she’r
yakunida yanayam shiddatli tus oladi: «Kiyiklar qonini
keladi ichgim, Chayonni chaynagim kelar gohida». She’r
shaklan an’anaviy barmoq vaznining risolalardagi qoida-
lariga muvofiq bitilgan. Biroq lirik qahramonning yuqo-
rida aytganimiz holati an’anadagi
ruhiy holatlar doira-
sidan tashqariga chiqib ketadi. Chunki an’anaviy she’riy
axloq qahramonni kiyikning qonini ichishga yo‘latmas,
ayni paytda, uni chayondan «ehtiyot» qilgan bo‘lardi.
Aksincha bo‘lishni faqat badiiy tafakkurning navbatda-
gi bosqichi (modernizm)gina amalga oshirishi mumkin
edi. Ko‘rinadiki, yangi she’riyat nafasi allaqachon o‘zbek
152
153
she’riyatiga kirib kelgan, u hatto eng an’anaviy shoirlari-
miz ijodida ham kishi bilmas tarzda yashab kelayotir. Yoki
shu o‘rinda quyidagi mulohazamiz o‘rinlimikan – moder-
nistik tafakkur tarzining
tobora kengroq va chuqurroq
«yoyila borayotgani»ni e’tiborga olgan, shu bilan birga,
uning an’anaviy san’atimiz fitratini qaysidir ma’noda o‘z-
gartirayotganini nazarda tutgan holda ushbu jarayon-
ning XX asr o‘zbek ada biyotidagi «bo‘y-basti»ga qarab
turib umumiy bir nom bilan modernistik realizm deb
atasak haqiqatga yaqin kelgan bo‘lamizmi? Chunki tan
olishimiz kerakki, XX asr
mobaynidagi bizdagi modern
yangilanishlarning asosiy ulushi sof modernistik yo‘nalish
zimmasiga emas, balki aynan yuqoridagi tarzda an’ana-
viylik va modernistik intilishlarning sintezi gardaniga tu-
shib keldi. Albat ta, keyingi 10 – 15 yil ichida hayotimizda
ro‘y bergan o‘zgarishlar badiiy tafakkur tarzimizda ham
olamshumul yangiliklar yasay bildi. Demak, bu yog‘iga
modernistik realizm «shoxlab» ketishi, natijada moder-
nizmning tur li xil oqimlariga xos ohanglar paydo bo‘lishi
tabiiy ko‘rinadi menga.
Dostları ilə paylaş: