o'lchamida idrok etish kishida shunga daxldorlik hissini
paydo qiiadi.
Qiyosiy metod deyilganda badiiy asarni boshqa
asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilish nazarda tutiladi. Kon
kret asarni o'tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy
adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar
bilan qiyosan tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tad-
qiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deyiik,
asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi
an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezi-
si haqida tasawur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa
milliy adabiyot vakiii bilan qiyoslash orqali adabiy aloqa va
ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi
masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol
uchun, Navoiy va Nizomiy «Xamsa»larini qiyosiy tahlil qi
lish asosida har ikki asarning poetik o‘ziga xosligi, syujet
motivlaridagi o'xshash va farqli jihatlar, bu farqlarni yuzaga
keltirgan omillar, dunyoqarashlaridagi mushtarak va farqli
jihatlarni anglash, pirovardida Navoiy dahosini xolis baho-
lash imkonini yaratadi.
Ko‘rib o'tilgan metodlarning hammasi asarning tashqi
aloqalarini o'rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning bari ta-
rixiylik tamoyiliga tayanadi. Ulardan farq qilaroq, immanent
tahlil adabiy asarning ichki aloqalarini o'rganishga qarati-
ladi, uning uchun faqat bitta obyekt - muallifdan, voqelik-
dan, adabiy-madaniy muhitdan uzilgan asarning o'zigina
mavjuddir. Immanent tahlil metodlari sifatida
Dostları ilə paylaş: