lari dramatik dostonlardir. Nihoyat, uchinchidan, ayrim
mutaxassislar hikoya bilan qissani eposning o‘rta shakl-
lari sirasida koYsatadilar. Albatta, bunday qarashda ham
muayyan asos, ratsional mag‘iz borki, bunga quyiroqda
yana to'xtalamiz.
Avval aytilganidek, zamonaviy adabiyotning asosiy epik
janrlari hikoya, qissa va romandir. Hikoyaning bir tipi lati-
fa yo masal kabi hayotdan bittagina epizodni aks ettirsa,
boshqa bir tipi qahramon hayotidan (ya’ni uning uchun
ahamiyatli) bir yoki bir-biriga uzviy bog'liq (qisqa vaqt
davomida kechgan) ikki-uch voqeani qalamga oladi. Ya’ni
agar birinchi tip hikoya mohiyatan latifa va masalga (unda
voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi) yaqinlashsa, ikkin-
chisida qissaga tomon siljish (unda qahramonning ahami-
yati ortadi) kuzatiladi. Tasvirlanayotgan voqealarning yuz
berish vaqti qisqaligi bois hikoyaning hajmi kichik, syujeti
sodda, personajlari kam bo'lishini taqozo etadi. Hikoyana-
visning mahorati eng avval hikoyabop voqeani tanlay olishi
bilan belgilanadi. Zero, har qanday voqea ham hikoyabop
emas, ijtimoiy-estetik qimmatga molik voqeani tanlay bilish
lozim. Chunki hikoyada xarakterning ayrim chizgilarigina
namoyon bo'ladi, shu bois voqeaning o‘zi (mas., «Anor»,
«Bemor», «Dahshat») ahamiyatli mazmun-mohiyatni
namoyon etish uchun yaroqli bolishi lozim. Mutaxassislar
hikoyaning ikki tipini farqlashadi: ularning birida ocherklilik
(tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-ri-
voyaviy) xususiyati ustuvorlik qiladi. Adabiyotshunoslik-
da bularning birinchisini
Dostları ilə paylaş: