ham shuncha bo‘g‘im boladir. Bo‘g‘imlarning harf, cho‘zg‘i
sonlariga esa ahamiyat berilmaydir».1 Fitratning barmoq-
ni «milliy vazn» deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi
o‘zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq
keladi. Shu bois ham o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari
asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan
so'ng yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo‘!sa-da, xalq
og‘zaki ijodining asosiy she’r tizimi barmoq bo‘lib qolaver-
di. Bu, birinchi galda, barmoqning o‘zbek tili xususiyatla
riga to‘la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan
jadid shoirlari Cho'lpon, Fitrat, Hamzalarning ijodi bilan
she’riyatimizda yana barmoqning yetakchilik davri bosh-
landi.
Mutaxassislar barmoq she’r tizimi 4 bo‘g‘inlidan 16
bo‘g‘inligacha vaznlardan tarkib topishini ta’kidlaydilar.
Ilgari aytilganidek, vazn har bir konkret she’rda yuzaga
chiqadigan hodisa bolib, u metr (olchov) deb ham yu-
ritiladi. Barmoqdagi o'Ichov misradagi bo‘g‘inlar soni va
uiarning turoqlanish tartibini ko‘rsatish orqali belgilanadi.
Masalan:
Yuzlaringni / mayliga yashir,
9 (4 + 5)
Kerak emas / nozlar, imolar.
9 (4 + 5)
Go'zallikning / qoshida axir
9 (4 + 5)
Cho‘kka tushgan / hatto xudolar.
9 (4 + 5)
(A.Oripov)
Oddiy mashinani / ko‘rsa bolalar
11 (6 + 5)
Hayratga tushishni / kanda qilmaydi.
11 (6 + 5)
Olis yulduzlarda / ulkan kemalar
11 (6 + 5)
Uchib yurganini / ular bilmaydi.
11 (6 + 5)
(A.Oripov)
Dostları ilə paylaş: