lik unga ham yuklangan-u, hozirgi holdan aqli shoshib, ne
qilarini bilmay turibdi. Ayni hisní o'quvchiga yuqtirish, uni
hayotiy holat ruhiga olib kirishda ritm hal qiluvchi ahami-
yat kasb etadi. Tahlikali vaziyatga mos shiddaíli ritm 5-6
bo‘g‘inli qisqa kolonlar, sanash ohangidagi uyushiq gap va
bolaklardan tarkibiangani, ulardan oltitasining ohangdosh
tugatiigani, mazmunning izchil kuchaytirib borilgani kabilar
hisobiga yuzaga keladi. Yettinchi kolonning avvalgilari kabi
ohangdosh emasligi, boshqacha tugallangani «zarb» ef-
fektini hosil qiladi. Nihoyat, parchaning oxiridagi 13 bo‘g‘in-
li kolon - jumladagi ruhiy holat bungacha kuzatilganiga
tamom zid. Ya’ni endi nuqtayi nazar tamom o‘zgardi: bun
gacha vaziyat ichdan tasvirlangan bolsa, endi unga chet-
dan nazar solinyaptiki, bu asarning qabul qilinishini bosh-
qarishda ham ritmning muhim rol o'ynashiga dalolat qiladi.
Mumtoz adabiyotimizning ko'plab namunalarida saj’dan
g'oyat mohirona va samarali foydalanilgan. Yuqorida Haz-
rat Navoiy qit’alarining nasriy sarlavhalaridan ayrim namu-
nalarni ko'rib o‘tdik. Bundan tashqari, «Xamsa» dostonlari
boblarining nomianishida ham saj’ning turli martabadagi
navlari qollanganini ko‘rish mumkin. Masalan, «Layli va
Majnun»ning XVII bobi mana bu tarzda sarlavhaianadi:
Dostları ilə paylaş: