O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122
Usmanov darslik

Ikkinchi bobga doir masala
 
Avtomobillar 2-TXK ga (T-2 tashxislash bilan birgalikda) yuborishni 
rejalashtirish. 
Avtomobillarni TXK ga yuborishni rejalashtirish, AIBTB tomonidan 
yoki ishlab chiqarish texnika bo‘limi muhandisi tomonidan avtomobilning shaxsiy 
varaqasida aks etgan haqiqiy bosib o‘tgan yo‘li bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Avtomobillarning shaxsiy varaqalaridagi ma‘lumotlarga, 2-TXK ning 
to‘g‘irlangan me‘yoriy davriyligi va hisob-kitob qilingan kunlik dasturiga asoslangan 
holda, avtomobillarni TXK ga yuborishdan uch kun oldin TXK ning reja-hisoboti bir 
necha nusxada tuziladi va har bir avtomobilga ta`mirlash varaqasi berilib, uning 
―Nosozliklarning tashqi belgilari‖ bo‘limiga ―2-TXK hajmi‖ yoziladi. 2-TXK reja-
hisobotining bir nusxasi, ta`mirlash varaqalari bilan birgalikda uch kun oldin nazorat 
texnika punkti mexanigiga beriladi; qolgan nusxalar T-2 mintaqasiga va 2-TXK 
uchastkasi ustasiga uzatiladi. 
Nazorat texnika punkti mexanigi haydovchi bilan birgalikda avtomobilni tashqi 
ko‘rikdan o‘tkazadi va sub‘ektiv nazorat natijasida aniqlangan tashqi nosozlik 
belgilarini ta`mirlash varaqasiga kiritadi. Odatda bular ko‘plab mayda nosozliklar, 
ya‘ni ―yuk bortining singan taxtasini almashtirish‖, ―qanot to‘siqchasini 
payvandlash‖, ―qanotni bo‘yash‖ va hokazolardan iborat bo‘lib, navbatdagi TXK ga 
qo‘shimcha ishlar sifatida tirkaladi (avtomobilni asosiy ish vaqtiga xalal bermaslik 
uchun). Ta`mirlash varaqasi haydovchining o‘zida qoladi va u reja asosida 2-TXK 


114 
dan ikki kun oldin ishdan so‘ng avtomobilni T-2 uchastkasiga olib boradi. 
Tashxislovchi-mexanik T-2 natijalari bo‘yicha tashxislash xaritasini to‘ldiradi va 
tashxislash paytida aniqlangan yashirin nosozliklarni ta`mirlash varaqasiga yozadi. 
Agar nosozlik T-2 uchastkasida tuzatilgan bo‘lsa, u haqdagi ma‘lumot, ta`mirlash 
varaqasining ―Haqiqatda bajarilgan ishlar‖ bo‘limiga, aks holda ―Nosozliklarning 
tashqi belgilari‖ bo‘limiga ―T-2‖ belgisi bilan yoki mos shifr bilan yozib qo‘yiladi. 
Shu bilan birgalikda T-2 uchastkasida nazorat texnika punkti mexanigi tomonidan 
aniqlangan nosozliklar tekshirib ko‘riladi va imkoni boricha tuzatiladi. T-2 paytida 
tuzatilgan nosozliklar ro‘yxati belgilab qo‘yiladi. To‘ldirilgan T-2 tashxislash xaritasi 
va ta`mirlash varaqasi ishlab chiqarishni boshqarish markaziga uzatiladi. 
Ishlab chiqarishni boshqarish markazi dispetcheri olingan axborotlarni o‘rganib, 
quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi. 
1. Agar aniqlangan joriy ta`mirlash hajmi harakat xavfsizligi va tejamkorlikka 
ta‘sir qilmasa hamda 2-TXK hajmining 20% dan oshmasa avtomobil ekspluatatsiyaga 
qaytariladi va grafikka mos holda ikki kundan so‘ng 2-TXK ga qaytadi, u erda 2-
TXK brigadasi xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi va zarur ta`mirlash 
ishlarini bajaradi.
2. Agar aniqlangan joriy ta`mirlash hajmi jiddiy tarzdagi mehnat hajmiga ega 
bo‘lsa va uzoq muddatli turib qolish davomiyligini talab qilsa (agregatlarni 
almashtirish, yurish qismi, osmalarni murakkab ta`mirlash va hakazo), avtomobil 
dastlab joriy ta`mirlash mintaqasiga yuboriladi, so‘ngra esa belgilangan muddatda
belgilangan xizmat hajmi bilan 2-TXK ga yuboriladi. 
Joriy ta`mirlash mintaqasida bajarilgan barcha ishlar, ta`mirlash varaqasiga qayd 
etiladi. 
Shundan so‘ng grafikka mos holda avtomobil 2-TXK mintaqasiga keltiriladi va 
u erda xizmat ko‘rsatish va zarur joriy ta`mirlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan ishlar 
bajariladi hamda harakat xavfsizligini ta`minlovchi uzellar bo‘yicha T-1 hajmidagi 
yakuniy nazorat-rostlash operatsiyalari o‘tkaziladi. 2-TXK mintaqasi ustasi TXK 
ning reja-hisobotiga belgi qo‘yadi, ta`mirlash varaqasiga esa bajarilgan zaruriy joriy 
ta`mirlashlar, sarflangan ehtiyot qismlar va materiallar haqidagi ma‘lumotlarni yozadi 


115 
hamda tashxislash xaritasiga T-1 tashxislash parametrlarining qiymatlari haqidagi 
axborotlarni kiritadi. Texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi avtomobilga TXK va 
ta`mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifatini va to‘la-tekisligini tekshiradi, o‘z 
belgisini qo‘yadi va ta`mirlash varaqasini, TXK reja-hisobotini hamda T-2 
tashxislash xaritasini imzolaydi, so‘ngra ushbu hujjatlar (odatda smena oxirida) 
keyingi ishlov va tahlil uchun AIBTB ga uzatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin