O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122
Usmanov darslik

Ishlab chiqarishning baland so‟zlashuvli aloqasini ta`minlovchi tizim.
CHangli 
va namli muhitda, shovqin yuqori darajada bo‘lgan joylarda abonentlar orasida qabul 
qilish va uzatishning muntazam-tanlovli baland so‘zlashuv aloqasini tashkil qilish 
uchun mo‘ljallangan.
Bunday tizim quyidagilarni ta`minlash imkonini beradi: 


299 
— tizim rahbarining 29 abonentlik postlarining har biri bilan ikki tomonlama 
tanlovli baland so‘zlashuv aloqasini; 
— o‘z tizimidagi 23 ta abonentlarning barchasi bilan va 6 ta tizim rahbarlari 
bilan muntazam aloqani; 
— tizimdagi abonentlik postlari orasida o‘zaro gorizontal aloqani, ammo bunda 
bog‘lanish har qanday kombinatsiyada har bir post uchun oltita aloqadan oshmaydi.
Farmoyish-qidiruv aloqasi
muntazam xabarlar va qidiruv maqsadlari uchun 
xizmat qiladi. ATK da farmoyish-qidiruv aloqasini tashkil qilish uchun mikrofondan, 
ovoz ko‘chirish qurilmasidan, radio va telefon uzatgichdan eshittirishlarni olib borish 
uchun mo‘ljallangan radio eshittiruv va boshqa texnik vositalarni qo‘llash maqsadga 
muvofiq.
Portativ telefon stansiyasi moddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida 
nozimlik aloqasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. Belgilangan bitta chastotada 
bir tomonlama radio-telefon aloqasini ta`minlaydi. Aloqa uzoqligi 1 km. 
Axborotni aloqa kanallari bo‘ylab bir muncha uzoq masofalarga etkazish va 
qabul qilishda kompyuter texnologiyalariga asoslangan aloqa dasturlari: elektron 
pochta, xalqaro va lokal tarmoq, GPS (Global Position System), skayp, masofaviy 
telealoqa vositalari orqali ma‘lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan 
tizimlaridan foydalaniladi. Bunday aloqa va nazorat vositalari ATK ishlab chiqarini 
boshqarish markazi bilan hamda hududiy boshqaruv markazlari bilan bog‘lanishda 
foydalanilishi mumkin. 
Qarab chiqilgan standart vositalar nazorat-tashxislash vazifasini amalga oshirish 
bilan bir qatorda, to‘g‘ri va teskari aloqa kanallarini boshqarish tizimi tamoyillariga 
asoslanib, ishlab chiqarish nozimi va korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari 
orasidagi ikki tomonlama ikki tomonlama va bir tomonlama aloqalarini amalga 
oshirish imkonini beradi. Korxona ichidagi nazorat va aloqa jarayonlarining umumiy 
sxemasi quyidagicha (6.13-rasm). 
Ishlab chiqarish jarayonida tashxislash ma‘lumotlaridan foydalanuvchi 
zamonaviy boshqaruv tizimlari, shaxsiy elektron hisoblash mashinalari va kompyuter 
texnologiyalariga asoslanadi. 


300 
6.13-rasm. Avtomobil transporti korxonasida ichki nazorat jarayonlarining 
umumiy sxemasi. 
Standart elementlar va hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanib, zamonaviy 
mikroprotsessor asosida yaratilgan nazorat-tashxis ta`minoti qurilmalarini qarab 
chiqamiz. 


301 
Korxona rahbari tomonidan avtomobillarga TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini, parkining texnik tayyorgarligi va avtomobillarni ishga chiqarish 
koeffitsientlarini oshirish, mavjud harakat tarkibini tashish turlari bo‘yicha 
taqsimlashni va hokazolarni boshqarish imkonini beruvchi qarorlarni qabul qilish 
uchun unga ayni vaqtda har bir transport vositasining joylashgan o‘rnini nazorat 
qilish bo‘yicha tezkor axborot zarur bo‘ladi. 
Avtotransport vositalarining joylashish o‟rni tizimi. 
Tizim ikkita qismga 
bo‘lingan. Birinchi qismga boshqaruv qurilmasi, axborot pulti, tashqi pult va manba 
bloki kirgan bo‘lib, boshqaruvning nazorat-texnika punktiga o‘rnatiladi. Boshqaruv 
qurilmasi, avtomobillarning joylashgan o‘rni haqidagi axborotni eslab qolish va 
axborot pultlarini boshqarish uchun zarur bo‘lib, axborot pultlari esa o‘z navbatida 
har bir avtomobilning joylashgan joyi va garaj raqami haqidagi dastlabki axborotni 
boshqaruv qurilmasi xotirasiga yozish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. SHu bilan 
birgalikda axborot pultlari axborotni uzatish rejimini ham ta`minlaydi. Tashqi pult
nazorat texnika punkti mexanigining tezkorligini oshirish uchun zarur. Manba bloki, 
boshqaruv qurilmasini zarur kuchlanish bilan ta`minlaydi (6.14-rasm). 
6.13-rasm. Axborot pulti: 
1 – avtromobillar soni indikatori; 2 – garaj raqami 
indiqatori; 3 – kod indikatori; 4 – avtomobillarni ishga chiqarish koeffitsienti 
indikatori; 5 – texnik tayorgarlik koeffitsienti indikatori; 6 – yozib olish tugmasi; 7 – 
blokirovka tugmasi; 8 – garaj raqami shifratori; 9 – xotirani tekshirish avtomatik 
rejimi tugmasi; 10 – ish rejimini tanlash tugmasi; 11 – mavjud holat shifratori. 









10 
11 


302 
Tizimning ikkinchi qismi tarkibiga yana oltita axborot pultlari kiradi va ular 
korxona rahbari, bosh muhaandis, ekspluatatsiya bo‘yicha nozim, ishlab chiqarish 
nozimi, kolonnalar (bo‘limlar) xonasiga o‘rnatiladi. Axborotning texnik tizimida 
pultlar boshqaruv qurilmasi bilan birga ishlaydi va o‘zaro telefon ( yoki optik tolali) 
simlar bilan ulangan bo‘lib, ulangan simlardagi signalni kuchaytirish uchun magistral 
buferlardan foydalaniladi. 
Axborot pulti avtomobillarning joylashgan o‘rni haqidagi axborotni 
kodlashtirish va saqlashni ta`minlaydi hamda axborotni yozib olish va namoyish 
qilish (eshitirish) rejimida ishlaydi. Axborotni yozib olish NTP mexanigi, 
ekspluatatsiya va ishlab chifarish nozimlari tomonidan amalga oshiriladi. Korxona 
rahbari, bosh muhandis, texnika bo‘limi axborot iste‘molchilari hisoblanadilar. 
NTP mexanigi avtomobilning holati haqidagi axborotni quyidagi kodlar 
ko‘rinishida yozib boradi: 1 – avtomobil garajga qaytdi; 2 - avtomobil shaharda 
ishda; 3 – xizmat safarida (shaharlar aro tashuvlar); 4 – viloyat bo‘ylab ishda; 5 – 
avtomobil garajga yuk bilan qaytdi. Ishlab chiqarish nozimi yozib boradigan kodlar: 
6 - avtomobil 2-TXK da; 7 – JT da; 8 – JT ni kutmoqda; 9 – MT da; 10 – hisobdan 
chiqarilmoqda. Kolonna boshlig‘i yozib boradigan kodlar: 11 – avtomobil 
haydovchisiz; 12 – avtomobil ishga tayyor. Ekspluatatsiya bo‘yicha nozim yozadigan 
kod 13 – haydovchiga yo‘l varaqasi berildi. 
Harakatlanuvchi ob‟ektlarni nazorat qilish tizimi
, haqiqiy vaqt rejimida harakat 
tarkibining holati va joylashgan o‘rnini global navigatsiyali yo‘ldoshlar tizimi GPS 
(inglcha ―Global Positioning System‖, tarjima qilinganda koordinatlarni aniqlashning 
global tizimi) va GSM (inglizcha ―Global System for Mobile telecommunications‖
tarjima qilinganda uyali aloqa telekommunikatsiyalarining global tizimi) uyali aloqa 
tarmoqlari resurslaridan foydalanib nazorat qilish uchun mo‘ljallangan (6.15-rasm).


303 
6.15-rasm. Harakatlanuvchi ob‘ektlarni nazorat qilish tizimining funksional ish 
sxemasi. 
Transport monitoringining yo‟ldoshli tizimi.
Transport monitoringining 
yo‘ldoshli GPS texnologiyalari faol rivojlanmoqda. Ma‘lumotlarni uzatishning GSM 
/ GPRS (inglizcha, ―General Packet Radio Service‖, tarjima qilinganda umumiy 
foydalanishdagi radio aloqa paketi) texnologiyalari hamda web-texnologiyalarning 
rivojlanishi natijasida, avtotransportni monitoring tizimlari amaliy jihatdan mavjud 
vaqt rejimida kechayu-kunduz masofadan turib transportni kuzatishni amalga oshirish 
imkonini berdi (6.16-rasm). 
Transportni monitoring va nazorat qilish tizimlarida navigatsiya va 
telekommunikatsiya texnologiyalarining birikmasidan foydalaniladi. Misol uchun 
ma‘lumotlarni uzatish kanallari sifatida asosan GSM / GPRS, uyali aloqa tarmog‘i 
etib bormagan hududlarda esa yo‘ldoshli aloqa tizimidan foydalaniladi [49]. 


304 
6.16-rasm. Avtotransport ishini optimallashtirishning monitoring va nazorat tizimi. 
Bugungi 
kunda 
O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab avtotransport 
korxonalarida yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan, ransportni monitoring va nazorat qilish 
tizimlardan samarali foydalanilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin