Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan
vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi
tufayli ish haqi o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan
majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab
chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi.
Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan
tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab
chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar
ham juda katta miqdorda ishchilarga ish haqi to‘lashga
majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar
hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan yakunlamasada,
daromad solig‘ini ish haqi jamg'armasidan belgilangan
stavkada to‘lashga majbur edilar.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini
kuchaytirish
maqsadida
mamlakatimizda
korxonalarning
foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq
to‘lovchilarning
ayrim
toifalari
(tijorat
banklari,
sug‘urta
tashkilotlari, tamosha-konsert faoliyatini olib boruvchi muassasalar,
ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil etuvchi korxonalar, birja va boshqa
shu kabi korxonalar) uchun daromad solig‘i va yalpi daromad
solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi.
Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra foyda solig‘i to’g’ri soliqlar
tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda
asosiy manbalardan biri hisoblanadi.