-64-
mashg‘ul qorovul qism boshlab bergan. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or
qismlari – barang‘ur hirovuli va javang‘or hirovuli madadida asosan ilg‘or qism –
manglay jangga kirgan. Manglay ortidan barong‘or hamda javang‘orning qolgan ikki
bo‘lagi – chopovul va shiqovul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar
dushmanni mag‘lub etishga kifoya qilmasa, oliy qo‘mondon (amir ul-umaro)
boshchiligidagi markaz (qo‘l) hal qiluvchi hujumga tashlangan.
Sohibqiron lashkar qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi
quyidagicha bo‘lgan: qo‘shin markazi 40 bo‘lakka taqsimlangan va Oliy
qo‘mondonga itoat qilgan. Ushbu bo‘laklarning sara jangchilaridan tashkil topgan 12
bo‘lagi safning qatorida, qolgan 28 bo‘lagi ikkinchi va uchinchi qatorlarda
joylashgan. 40 bo‘lakning o‘ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so‘l tarafi oldida
qarindoshlar va ittifoqchilar qismlari saf tortgan. Ikkinchi qatorning barang‘orida 6
bo‘lak o‘z ilg‘ori – hirovul bilan o‘rin egallagan. Ayni shu miqdordagi bo‘lak va
hirovulga javongor ham ega bo‘lgan. Ikkinchi qator barang‘ori va javong‘ori oldida
yuqoridagi tartibda birinchi qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg‘or –
manglay (yoki kata hirovul) harakatda bo‘lgan. Yengil suvoriylardan iborat ikki
bo‘lak armiyani qo‘qqisdan bo‘ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari
harakatini kuzatish bilan band bo‘lgan.
Temuriylarga ko‘plab zafarlar keltirilgan bu harbiy tartibga keyingi davrlarda
mintaqani boshqargan shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar va
minglar sulolasi davrida ancha o‘zgartirish kiritilgan.
Shunday qilib Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish bilan bir qatorda
razvedka va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati
bilan dunyoni lol qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: