75
omil Hisoblanadi. Buning natijasida elektr qo‘zg‘ovchi yordami bilan miya katta yarim
harlarining po‘stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil
qiluvchi muvaqqat bog‘lanishlar shosil qilinadi. Hartli reflekslarning so‘nishi, tormozlanishi,
po‘stloqning tanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo‘yicha tepalikosti va po‘stloqosti
nerv tugunlaridagi "markazlar" ning faoliyatiga bog‘liqdir. I.P.Pavlov o‘sha davrdayoq, "dinamik
stereotip"ni shosil qilgandan keyin oliy nerv faoliyatida uni buzilish salbiy Hissiyotlar kechishi
uchun negiz bo‘ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so‘ng uni o‘zgarishi ijobiy His-
tuyg‘ularni paydo qiladi, deb qat'iy ishontirgan edi. Ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, miyaning
tepalikosti qismida (gipotalamusda) gi markazlar roshatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko‘p
marta takrorlansa ham shech o‘zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim harlari po‘stloqosti
nerv tugunchalari bo‘ylab yoyilgan markazlar qo‘zg‘otilishi natijasida emosional reaksiyalar
kuchsizlanishi, shatto so‘nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izoshlanadiki, aqliy faoliyat
va axloqiy kechinmalar emosional tusi o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin,
organizmning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emosional reaksiyalar takroran
qanoatlantirgandan keyin ham so‘nmaydi. Shuningdek, organik jaroshat tufayli og‘riq
kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o‘zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs
ko‘ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy, aralash (ambivalent) signallar
insonning shayoti va faoliyatida o‘z ahamiyatini yo‘qotish kerak.
Turli markazlarni qo‘zg‘otganda yuzaga keladigan roshatlanish yoki azoblanish
emosiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan holda har bir haroitda Hissiy
ifodalangan hartli reflektor aloqalar bir marta mustashkamlanganda shosil bo‘lishini boshqa
vaziyatda mustashkamlanish uchun ko‘p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkil ekanligini
izoshlash mumkin. Bu o‘rinda shaxsning barqaror emosional yo‘nalganligi, mayllar
mustashkamligi ruhiy hodisasini uning turmush tarzini, shayotiy ideallarni tushuntirish mumkin.
Masalan, mayxo‘r (alkogol) yoki narkoman uchun roshatlanish bilan bog‘liq xatti-harakat
birlamchi bo‘lganligi tufayli turli ijtimoiy voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi ko‘ngilsizlik,
tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga
kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o‘zini tiyib turish), biroq tezda tabiiy ehtiyojga
mutelik qilib, "tarki odat-amri mashol" yo‘sinda ish tutaveradi.
Dostları ilə paylaş: