12.2. “Statistica” tizimining grafik imkoniyatlari
Statistika
(lot. Ctatus- boylik, davlat)-1) turli hodisalar va jarayonlarni
miqdoriy hisoblash, ma‘lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo‗li bilan ijtimoiy
hayotning umumiy qonuniyatlarini o‗rganadigan ijtimoiy fanlar tarmog‗i.
Statistik kuzatish natijasida hosil qilingan ma‘lumotlar idrok etish
nuqtayinazaridan statistik ma‘lumotlarni taqdim etishda grafiklar eng maqbul
shakllardansanaladi.
Agar
gap
ma‘lumotlarning o‗ziga xos tomonlarini
alohidata‘kidlash, ularni bir-birlari bilan taqqoslash haqida borsa, ko‗pincha sta-tistik
jadvallar grafiklar bilan yanada boyitiladi. Shu bois, grafiklar orqalihodisalar
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlar, ularning dinamikasi, tuzilmaviytavsifi ko‗rgazmali
tarzda aks ettiriladi.
163
Statistik grafiklar raqam ko‗rsatkichlar (miqdorlar) va ularning nisbat-
larinigeometrik shakllar, chiziqlar, rasmlar, geografik xarita, sxemalar vosi-tasi
yordamidashartli tasvirlashdir. Grafik usul statistik ma‘lumotlarni tushu-narli, jonli
hamdako‗zga tashlanuvchanligini ta‘minlaydi. Grafiklarda ko‗rsatkichlarning
o‗zgarish chegaralari, ularning tebranuvchanligi yaqqolko‗rinadi. Shu bilan bir
vaqtda jadvallarga nisbatan grafiklarni ba‘zi bir chek-lanishlari ham mavjud. Agarda
statistik jadvallarda ma‘lumotlarni sig‗ishigaqarab xohlagancha joylashtirish mumkin
bo‗lsa, grafiklarda bu imkoniyat cheklangan. Yana bir salbiy tomoni - grafiklarning
ko‗p mehnat talabchan-ligidir. Ammo bu xususiyat kompyuter grafikasi uchun
tayyorlangan amaliydasturlar paketidan oqilona foydalanish orqali barham topadi.
Tuzilish tartibiga ko‗ra grafiklar diagrammalarga, kartogrammalarga va
kartodiagrammalarga bo‗linadi. Grafik tasvirlarning eng ko‗p tarqalgan turlaridan
bo‗lib diagrammalar hisoblanadi. Ular turli ko‗rinishga - chiziqli, radial
(radiusbo‗ylab),
nuqtali,
yassi,
hajmli,
shaklli
va
hokazolarga
egadir.
Diagrammalarning qaysi turi-dan foydalanish bu asosan berilgan ma‘lumotlarning
xususiyati va qo‗yilgan maqsadga bevosita bog‗liq. Har qanday holatlarda ham
grafiklar ustki yoki pastki maydonida berilgan sarlavha bilan boshlanadi. Uning
sarlavhasida qaysi ko‗rsatkich, qanday o‗lchov birligida, qaysi hududga va qaysi vaqt
uchun berilgani ko‗rsatiladi. Jumladan, chiziqli diagrammalar (grafiklar) miqdoriy
o‗zgaruvchanliklarni, ulardagi ishoralarning variatsiyasi, ya‘ni tebranuvchanligiga
tavsif berish, ularning dinamikasi, o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlarni ko‗rsatib
164
berishda foydalaniladi. Chiziqli grafiklar keltirilgan ma‘lumotlarni bir o‗lchamli
o‗zgaruvchanlik va ikki o‗lchamli o‗zgaruvchanlikka taqsimlashda qo‗llanilgani
ma‘qul.
Dostları ilə paylaş: |