2.2. Videoadapterlar
Monitorlarni va ularning ekraniga ma‘lumotlarni chiqarishni bevosita
boshqaradigan ichki tizim qurilmasi videoadapter deb ataladi. Videoadapter o‗z
ichiga quyidagilarni oladi: elektron nur trubkasini boshqarish sxemasi, rastrli xotira
(ekranda bo‗lib o‗tadigan ma‘lumotlarni saqlovchi va AXda videobufer maydonini
ishlatadigan xotira), DEKning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matritsalari),
kiritish-chiqarish portlari.
Videoadapterning asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli),
ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar
soni (monoxromlida), o‗tkazish qobiliyati (monitor ekranida gorizontal va vertikal
bo‗yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi sahifalarning sig‗imi va
soni (sahifalar soni – bu eslab qolinadigan matnli ekranlarning soni bo‗lib, ularning
istalgan biri bevosita adreslash yo‗li bilan monitorda aks ettirishga chiqarilishi
mumkin), belgi matritsasining o‗lchami (monitor ekranida belgini shakllantiradigan,
matritsaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar
almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va boshqalar.
28
Videoxotira sig‗imi – muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning
miqdorini va ularning atributlarini aniqlaydi. Piksel atributining razryadliligi, o‗z
navbatida, xususan, pikselni aks ettirishda hisobga olinadigan nimranglarning yoki
rangli tuslarning mumkin bo‗lgan maksimal sonini aniqlaydi (masalan, 65000 rangli
tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun xar bir atribut ikki baytli xususiyatta,
16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) – uch baytli
xususiyatga ega bo‗lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig‗imini atribut baytlari
miqdorini ekran piksellari miqdoriga ko‗paytirib taxminan hisoblab chiqish mumkin.
Masalan, monitorning o‗tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo‗lganda va True
Color standartida videoxotira sig‗imi 1440000 baytdan kam bo‗lmasligi kerak,
o‗tkazish qobiliyati High Color standartida 1280 x 1024 bo‗lganda esa 4 Mbayt
atrofida bo‗lishi lozim.
Umum qabul qilingan standart quyidagi videoadapterlarni shakllantiradi:
Hercules
monoxromli grafikli adapter;
MDA
monoxromli displeyli adapter
(Monochrome Display Adapter);
MGA
monoxromli grafikli adapter
(Monochrome Graphics Adapter);
SGA
Rangli grafikli adapter
(Color Graphics Adapter);
EGA
yaxshilangan grafikli adapter
(Enhanced Graphics Adapter);
VGA
videografikli adapter
(Video Graphics Adapter), yoki
videografikli matritsa
(Video Graphics Array);
SVGA
yaxshilangan videografikli adapter
(Super VGA);
PGA
professional grafikli adapter
(Proffeccional GA).
|