17.5.
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING
RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI
Yaponiyada Dodj – Shoup “Qaytar kurs” islohoti
199
.
2-sentabr
1945-yil Yaponiyaning urush davridagi harakati tufayli AQSH
boshqaruvi ihtiyoriga o‘tdi. Uning milliy iqtisodiyoti bu davrda
depressiya holatiga tushgan edi. O‘zini tiklash dasturlari Yaponiya
uchun ishlab chiqilmagan, hamda u tashqi ko‘mak ham olmas edi.
Yaponiya iqtisodiy inqiroz holatidan chiqishi uchun DJ.Dodj va
K.Shoup tomonidan “Qaytar kurs” deb nom olgan va o‘z resurslari
hisobiga shakllantirilgan islohot dasturi ishlab chiqildi. “Qaytar kurs”
rejasiga ko‘ra ishlab chiqarishni faol rivojlantirish ichki kapital
hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. Dodj-Shoupning “Qaytar
kurs” dasturi yo‘nalishi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
199
А.Н.Кошилев. Краткий курс по истории мировой экономики: учебное пособие. – М.:
издательство “Окей-книга” , 2008, стр. 120-121
438
−
tashqi boshqaruvga ega bo‘lgan AQSH tizimini Yaponiya iqtisodiy
islohotga aralashuvini sekin-asta pasaytirish. Iqtisodiyot va savdo bilan
bog‘liq barcha boshqaruvni milliy hukumatga topshirish;
−
iqtisodiyotda erkin raqobat va kichik tadbirkorlikni faol
rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish. Iqtisodiyot
boshqaruvi bir qo‘lda to‘planishiga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish;
−
mavjud korxonalar negizida yangi, samaradorlik darajasi yuqori
bo‘lgan korxonalarni yaratish nazarda tutildi;
−
qishloq xo‘jaliginii qayta tiklash, bunda davlat tomonidan yerlarni
sotib olishi va mayda agrobiznes bilan shug‘ullanuvchilarga ijaraga
berish masalasi qo‘yildi;
−
budjet islohotini o‘tkazish, bunda valutani olib-sotish o‘rnatilgan
(fiksirlangan) kurs bo‘yicha olib borish, pul emissiyasini o‘tkazish,
budjet xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish, davlat harbiy korxonalarini
yopish. Pul emissiyasi asosida aholi qo‘lidagi pulni davlatga musodara
qilish jarayoni amalga oshirildi. Yangi soliq tizimi joriy etildi, bunda
aholining 65% daromadi budjetga yo‘naltirildi. Davlat narxlarni va oylik
maoshni o‘rnatish, tashqi savdoda davlat monopoliyasini o‘rnatish bilan
shug‘ullandi.
Islohotlar rejasiga ko‘ra ekvivalent fond tashkil etildi, uning vazifasi
Amerika tovarlarini Yaponiyada sotishdan tushgan daromadlarni
o‘zlashtirish kirdi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishning ko‘tarilishi
Koreyadagi urush davriga to‘g‘ri kelib, bunda sanoat o‘z ehtiyojlari
uchun ishlab chiqarishni yanada kengaytirildi.
Islohotlarning asosiy maqsadi Yaponiyada mavjud hukumat
tizimini yo‘q qilishga qaratildi. Uning katta qismi kichik ishlab
chiqaruvchilarga berildi, kapitalning katta hajmi xususiy shaxslar va
banklarda to‘plandi. Shu asosda ishlab chiqarishning kuchli ilmiy va
texnologik asosi shakllantirildi. Yaponiyaning cheklangan resurslarga
egaligini hisobga olgan holda, uning ishlab chiqarishi ilmiy izlanishlarni
talab qiluvchi (elektronika, kompyuter, biopreparat) ishlab chiqarishga
yo‘naltirildi.
Dodj-Shoup islohotlari natijasida Yaponiya ishlab
chiqarish
kuchini ko‘tardi, kapitalning katta qismini davlat ichida saqlanib qoldi,
xalqaro savdo hajmi bir necha bor ko‘payishiga erishdi. Undan tashqari
iqtisodning ilmiy yo‘nalgan turi shakllandi.
|