428
maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini
olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez
o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib
chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va
kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida
namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor
munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning
uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim
hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga
pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy
foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan
tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini
aniq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining
yakuniga yetishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: