14.5.
IQTISODIY TARAQQIYOTNING TO‘RT G‘ILDIRAGI
Nima uchun ayrim mamlakatlar kambag‘alligicha qolmoqda,
boshqalari esa boyib bormoqda? Bu savolga javobni biz asosan davlat
tomonidan qabul qilingan dasturlar, millionlab odamlarning turmush
darajasi orqali qidiramiz. Bu savol logik xarakterga ega. Ba’zi
kuzatishlar bilan boshlaylik. Agar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning
traektoriyalarini qarasangiz, ular ikki omilda bir-biridan farq qilganligini
ko‘rasiz. Birinchisi, o‘sish sur’ati.
Ikkinchisi, islohotlarning
o‘zgaruvchanligi, hajmi va miqdori. Iqtisodiy o‘sish ikkala omilga
chambarchas bog‘liq. Bu yerda iqtisodiy o‘sish uchun mas’ul bo‘lgan
ikki asosiy kuchni ajratish kerak. Birinchisi, deyarli har doim
ishlaydigan tizimli kuchlardir. Ikkinchisi esa vaqti-vaqti bilan ro‘y
bergan shok yoki inqiroz, ular orasidagi vaqt oralig‘i turlicha bo‘lishi
mumkin, turli davrlar va muddatlarda sodir bo‘lishi mumkin. Shu bilan
birga, ular iqtisodiy o‘sish sur’atlarini kamaytiradigan holda ham
bo‘lishi mumkin.
Tizimli kuchlaridan boshlaylik. Potensial, universal va uzoq
muddatli o‘sish impulsi bu innovatsiyalardir. Tizimli innovatsiyalarsiz
uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi. Tizimli innovatsiyalarning
boshlanishi Buyuk Britaniyada 300 yil oldin – iqtisodiy o‘sishning
boshlanishida qayd etildi. Lekin nima sababdan ayrim mamlakatlar
alohida innovatsiyalar bilan ajralib turadi, boshqalari esa iqtisodda
innovatsiyalarga murojaat qilmaydi? Bu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar
olib borildi va bizga umumiy xulosalar chiqarishga yordam berdi.
Iqtisodiyotni Rossiya, Polsha, Xitoy iqtisodiyoti deb ajratish
mumkin emas. Chunki u inson tabiati bilan bog‘liq. Va u ko‘pgina asosiy
jarayon, hodisa va tushunchalarda mavjud. Iqtisodiyotni, uni
taraqqiyotini ta’minlovchi to‘rtta asosiy omilni ko‘rib chiqamiz.
357
Birinchisi. Iqtisodiyotning yuksak va innovatsion bo‘lishi uchun
barcha zarur shart-sharoitlarning mavjudligi. Ular, shuningdek, iqtisodiy
o‘sish uzoq va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi lozim. Agar iqtisodiyot
ma’muriy-buyruqbozli bo‘lsa, unda ko‘p foydali natijalarni kutmang.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimga ega davlatda juda ko‘p davlat
korxonalari bo‘ladi va ular faoliyati samarasizdir. Ularga juda katta
miqdorda mablag‘ ajratiladi va lekin natija nolga teng. Shu sababli, eng
avvalo, bu iqtisodiyotda yaratilgan shart-sharoitdir.
Ikkinchisi. Xususiy mulkni yuqori darajada muhofaza qilinishi
kerak, chunki investorlar yomon himoyalangan mulklarga sarmoya
kiritmaydilar. Ushbu himoya teng sharoitga ega bo‘lgan raqobatli
bozorda bo‘lishi kerak. Agar tenglik bo‘lmasa, va yuqori himoyalangan
mulk egalari mavjud bo‘lmasa, monopoliya yuzaga keladi va samarali
faoliyat yuritadigan xususiy mulk tizimi bo‘lmaydi.
Shu sababli – xususiy mulk kerak. Ammo bu yetarli emas, shu bilan
birga raqobat ham kerak. Agar bozor munosabatlari sharoitida ziyon
ko‘rganlar subsidiyalansa, unda samarali iqtisod bo‘lmaydi. Shu sababli,
uchinchi omil – raqobat juda muhimdir.
To‘rtinchisi: davlatning moliyaviy holati. Agar davlatda katta
xarajatlar bo‘lsa, va YaIM yuqori soliqlarni talab qilsa, unda
investitsiyalar bundan aziyat chekadi. Shu sababli, iqtisodiyotning
innovatsion bo‘lishi uchun kamida yuqoridagi shartlar bajarilishi kerak.
Bu uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy omili. Agar ushbu
shartlarning faqat bittasi kuzatilsa, u iqtisodiyotning innovatsiyalanish
holatini cheklaydi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun barcha asosiy shartlar
bo‘lishi kerak. Bu xuddi iqtisodiyotning to‘rt g‘ildiragi kabi. Birini yo‘q
bo‘lishi mashinani (iqtisodiyotni) izdan chiqaradi.
Iqtisodiy barqarorlik siyosiy tizimning shakli bilan chambarchas
bog‘liq. Bu eng asosiy tamoyil. Agar bu shart mavjud bo‘lmasa, ya’ni
agar siyosiy kuch cheklanilgan bo‘lsa va nazorat ostida bo‘lsa, siz eng
yomon holatlarni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, fiskal tizimning
cheklovlari nima? Bu juda muhim siyosiy institutsional masaladir. Bu
yerda birinchi darajada nima talab qilinadi? Albatta institutsional
himoya chora-tadbirlar. Va, ehtimol, eng asosiysi mustaqil markaziy
bank tizimidir.
Milliy banklar, xuddi AQSHda bo‘lgani kabi, katta xatolarga yo‘l
qo‘yishi mumkin. Ammo siyosiylashgan markaziy bank undan ham
358
yomon. Milliy bank, markaziy bank bunday holatda zaif va kuchsizdir.
Bank mustaqil va o‘z ishida professional bo‘lishi kerak.
Shuning uchun iqtisodiyot uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishi
uchun siyosiy bo‘lishi mumkin bo‘lmaydigan muayyan shartlarga rioya
qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |