342
sohalarini o‘zida mujassamlashtirgan filiallarda bo‘ldi. Demak,
monopoliyalar xalqaro maydonga chiqdilar. Bu milliy monopoliya-
larning transmilliy korporatsiyalarga (TMK) aylantirilishidir. TMK
larning iqtisodiy va moliyaviy kuchi jadal sur’atlar bilan o‘sib bordi:
1980-yillarning o‘rtalarida rivojlangan davlatlarning umumiy yalpi
mahsulotidagi ulushi 1/3 ni, jahon eksportida 40%, texnologik
ayirboshlashda esa 80% ni tashkil etdi. Ba’zi TMKlar yillik aylanmasi
bo‘yicha kichik davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan ham oshdi. Bu
ularning global iqtisodiyotdagi rolini orttirdi.
Monopolistik birlashmalarning barcha turlarini rivojlanishi barqaror
ravishda mamlakatning milliy daromadlari va milliy boyliklarining ko‘p
qismini yirik monopoliyalarning qo‘liga topshirilishiga olib keldi. Bu
1948-yilda ishlab chiqarish aktivlarining 48,3% va 1969-yilda 60,1%
bo‘lgan eng yirik 200 AQSH ishlab chiqarish korporatsiyasining asosiy
kapitallari ulushi to‘g‘risida statistika ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi.
Buyuk Britaniyada ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasidagi 100 yirik firma qo‘lidagi kapital aktivlarining ulushi 1953-
yilda 44 foizdan 1963-yilda jami aktivlarning 62 foizigacha o‘sdi.
Dostları ilə paylaş: