326
chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatishi bo‘ldi. Moliya va pul-kredit tizimining
barqarorlashuvi muvaffaqiyatga erishishning zarur shart- sharoiti
hisoblandi. Keyin AQSH va G‘arbdagi boshqa rivojlangan
mamlakatlarning moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi
islohotning muvaffaqiyatli chiqishiga turtki bo‘ldi. Iqtisodiy yordam
Marshall rejasi bo‘yicha amalga oshirildi, shuningdek, oziq-ovqat,
yoqilg‘i, urug‘lik, o‘g‘it boshqa yo‘llar bilan ham yetkazib turildi.
Germaniya iqtisodiyotiga Amerika transporti va Amerika armiyasining
boshqa anjomlari keltirib berildi. Imtiyozli shartlar bilan Yevropa qayta
tiklash dasturi Fondidan kreditlar ajratildi.
Hukumatning boshqaruv tizimini o‘z
qo‘lida ushlab turishi, o‘z vaqtida iqtisodiy
kursni o‘zgartira bilishi ham muhim ahamiyat
kasb
etdi.
Garchi
o‘zining
iqtisodiy
liberalizmga moyilligini yashirmagan bo‘lsa
ham, L.Erxard «sof» liberal bo‘lgan emas. U
tanlab olingan yo‘ldan og‘ib ketmaslik uchun
davlat dastaklaridan keng foydalandi.
Davlat qiyinchiliklarni boshidan kechira-
yotgan
tarmoqlarni,
ayniqsa,
toshko‘mir
sanoatini, metallurgiya, elektroenergetikani
qo‘llab-quvvatladi. Investorlarga va tadbirkorlarga soliq imtiyozlari
yaratib berildi.
L.Erxard va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan islohot,
Germaniya iqtisodiy taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratib berdi. U
iqtisodiy qo‘llanmalarga kiritildi va qarorlarni realizatsiya qilish, qayta
tashkil etish vositalaridan va metodlaridan samarali foydalanish uchun
qulay paytni topish namunasi sifatida qaraladi.
Shu bilan birga, hech bir namuna real shart-sharoitlarni, maxsus
xususiyatlarni hisobga olmagan holda universal yechim yoki tayyor
sxema vazifasini o‘tashi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: