Ijtimoiy masalalar.
Ko‘pchilik klassiklarning konsepsiyasida
mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan
narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga
bog‘liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning
amal qilishi kishilarning xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi va shuning
uchun
yollanma
ishchilarning
ahvolini
yaxshilash
uchun
yo‘naltirilgan har qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda.
Ishchilarning ahvolini yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo‘yilmasini
kengaytirish (mehnatga talab oshadi) yoki aholi o‘sishini kamaytirish
(mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill
dastlab ushbu tamoyillarni yoqlab chiqqan bo‘lsada, ammo
keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g‘oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy
xarakterini tan olishi (tarixiy bo‘lganidan ularni o‘zgartirish mumkin),
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari
surdi va o‘z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
213
1.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘li bilan
yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‘lgan
qiziqishni yo‘qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‘rniga
kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir
vaqtning o‘zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba
uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini
taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo‘lgan.
2.
Yer rentasini yer solig‘i yordamida umumlashtirish. Renta
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha
jamiyatga tegishli bo‘lishi kerak.
3.
J.S. Mill mayda yer egalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning
fikricha, o‘z yerida ishlovchi ko‘pchilik dehqonlar renta to‘lashdan
ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma
ishchilardan
farqli
ravishda
haddan
tashqari
o‘z oilasini
kengaytirishga moyil emas.
J.S. Mill o‘zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi
individual erkinlik bilan yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik
qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar
ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‘yoki bir-
biriga qarshi ikki yo‘nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy
adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‘lgandek tuyuladi. Ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini
ko‘rsatib berdi.
XVIII
asrning
40–50-yillarida
fransuz
va
xalqaro
ishbilarmonlar orasida F.Bastianing (1801 01850) nomi va uning
iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz ishbilarmoni
oilasida tug‘ildi. Bastiya 40-yillari bir qancha pamfletlar chiqarib,
ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino
ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik
g‘oyalarga qarshi bo‘lgan qarashlarni faol targ‘ib etdi. Bu pamfletlar
g‘oyasi mazmun jihatdan original bo‘lmasa-da, yorqin yozilish shakli
bilan ajralib turadi.
|