62
Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining barqarorligi talabaning yoshi,
maʼlumotlilik darajasi, shaxsining individual xususiyatlari va oliy taʼlim muassasasining
tarbiyaviy ishlarining xususiyatlariga, o‘z tarbiyaviy taʼsirlarini talabalarning bundagi
faolliklari bilan qanday umumlashtira olishiga bog‘liqdir.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslami o‘quv muassasasida o‘qitish zarurligini
qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: - talaba bilim
berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; - o‘qitish da jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida
o ‘qitishga e ’tibor berish: - bilim berishda talabalaming maylini, qiziqishi va qobiliyatini
hisobga olish; - o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Oliy ta’limda mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirishni ta’minlovchi, uzluksiz ta’limning
zamonaviy talablariga javob beradigan, o‘zi tanlagan bilimlar sohasi yo‘nalishi (ixtisosligi)
bo‘yicha ijodiy faoliyatiga tayyor, respublikaning ilmiy texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir, yuksak axloqiy va ma’naviy fazllatlarga ega, yuqori
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni am alga oshiruvchi mustaqil ta’lim turidir.[4]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,kasb tanlash, kasbning o’ziga xos jihatlarini anglab borish
,kasbi orqali manfaat topish ,kasbining sir asrorlari orqali ijodiy yondashishga ijodkorlikni
rivojlantirshga erishish ,talabalarning kelgusi faoliyatida o’z kasbiy ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirib borishlari pedagogik muommo sifatida yoritildi.
Dostları ilə paylaş: