1.Tushuntiruv-ko’rsatmalilik metodi - bu metod ryeproduktiv metod
bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta'lim
jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu
metod
juda
keng
tarqalgan
metodlardan biri bo’lib, uni
takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - programmalashtirilgan ta'limdir.
2. Ryeproduktiv metod da o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga
berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul
qiladi.
3. Muammoli ta'lim metodi - o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u
produktiv xaraktyerga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini
shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo’llaridan biri ishchan
o’yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
4. Qisman izlanish metodi. O’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan
metod bo’lib, u produktiv xaraktyerga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
5. Tadqiqot metodi. O’qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim
metodi bo’lib, u o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar
transformatsiyasini talab etadi.
Ta'lim jarayonini tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan
o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar sistyemasini modyellashtirish, faoliyat
xaraktyeristikasini tashkil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik
tyexnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedagogik tyexnologiya - bu ta'lim
jarayoniga sistyemali yondashuv bo’lib, unda ta'lim jarayonining tashkil etishda
41
tyexnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati
ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
O’quvchini mustaqil ta'lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash
bugungi kun o’quv maskanlarining asosiy vazifasidir.
Ta'lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur.
Mustaqil ta'lim masalani quyilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat va baholashning
yo’llarini o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xaraktyerlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash
xususiyatlarini shaqllantirish zarur. Fikrlash opyeratsiyalari asosida dars jarayoni
faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda?»,
«Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday bo’ldi?» singari savollarning
muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik,
muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish,
ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni yechish uchun o’z
loyixalarini tuzish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma'nodor va
unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Xozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil
fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud.
Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aql bevosita bolalarning intellektual imkoniyatlari ko’rinishi sifatida
namoyon bo’ladi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual
imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun yuqorida ta'kidlab o’tilgan
ta'lim metodlarini yangi pedagogik tyexnologiyalarga asoslangan holda joriy etish
samarali natijalar beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yangi pedagogik tyexnologiyalar asosida
muammoli ta'lim metodlarini qo’llagan holda ta'lim berish ularning intellektual
imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bunda aqliy topshiriqlar, ishchan o’yinlar asosida
darsni tashkil etish mumkin.
42
Biz tadqiqot ishimizning keyingi paragrafida boshlang’ich sinf
o’quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantiradigan mashg’ulotlar
mazmunini va olib borish usullarini batafsil bayon etamiz.