Nozmehrning nozi
Olimlar yasagan har ikki asbobdan ko'ngli
nihoyatda xush bolgan Iskandar har kuni bazm
tashkil qilib, saroy a’yonlari davrasida may ichib,
orom olardi. Doroning qizi Ravshanak bilan
Malluning qizi Nozmehr doim uning huzurida
bolib, shoh shodligiga shodlik qo'shishardi. Le
kin Iskandar davlat ishlari bilan band bolib, toy
qilib, ularning ikkovini nikohlab olishga fursat
topolmay kelardi. Shu kunlarda uning diliga
ushbu orzuni amalga oshirish istagi tushdi-da,
a’yonlarini chorlab, shohona to^y tayyorgarligini
ko‘rishga farmon berdi. Bundan behad xursand
bolgan barcha a’yonlar-u mulozimlar tezda ishga
kirishib, butun Chin mamlakatini behad-u
bepoyon to'yxonaga aylantirishdi. Bir necha kun-
lik shodiyonalar boshlanib, Chinning butun xalqi
rosa xursandchilik qilishdi.
Iskandar Ravshanak va Nozmehr ogtishida o‘z
murodiga erishdi. 0 ‘sha davr rasm-rusumlari-
ga muvofiq Doroning qizi Ravshanak saroydagi
barcha ayollar, shu jumladan, shoh haramidagi
barcha malikalarga ham farmonravolik mahdi ulyo
vazifasiga tayinlangan edi. Shu jihatdan u har
haftada ikki kecha hukmdor bilan birga bolish
huquqiga ega boldi. Nozmehr mavqe’ jihatidan un
dan bir pog'ona past o'rinda bolib, Iskandar bilan
haftada bir kechagina birga bola olardi. Shuning
uchun ham u Ravshanakka hasad ko'zi bilan qa-
rar, Doro qiziga qaraganda yoshroq va go'zalroq
bolganidan foydalanib, Iskandar ko'nglini o'ziga
ko'proq jalb qilib, uning mehr-muhabbatini egal-
lashga intilar edi, Iskandar uni Ravshanakka qa
raganda ko'proq sevsa ham, lekin saroy ahli oldida
o‘z muhabbatini ayon qilishdan o'zini tortib kelardi.
Bundan bexabar Nozmehr shoh Ravshanakka har
boqqanida ko‘zidan yosh tolcardi.
Bir kechasi, Nozmehr navbati kelganida,
Iskandar o‘z sevgisini izhor etishni niyat qilib,
uning xonasiga kirib keldi. Malika shahanshohni
ehtirom bilan kutib oldi-yu, lekin ichki iztirobi
uning chehrasidan, xatti-harakatlaridan sezilib
turardi. Shoh ardoqli yostiqdoshining kayfiyatini
ко Parish uchun har qancha urinmasin, Nozmehr
so'zlashishni ham istamas, Iskandaming mehri-
bonchiliklari, shirin so'zlariga nozi bilangina javob
qaytarardi. Buning sari shohning toqati toq bolib,
ishqi tobora ziyoda bolar, o‘z sevgili malikasining
feli sabablarini tushunolmay, qalbi ishq o‘tida
o'rtanardi. Oxiri chiday olmay, Nozmehrga mu-
loyimlik bilan murojaat qildi.
Dostları ilə paylaş: |