bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun mahsulotni o‘lchashda qoMlaniladigan uslublarni va mahsulotning nazorati va o‘lchashlari natijalari bo‘yicha ro‘yxatga olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. 6. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish Tashkilot talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulot identi-
fikatlashtirilgan bo‘lishi va uni bilmasdan ishlatilishini yoki
yetkazib berilishining oldini oladigan tarzda boshqarilishini
ta’minlashi kerak. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish va uni tasarruf
130
etish
uchun
javobgar
bo‘lgan
shaxslar
hujjatlashtirilgan
protsedurada aniqlangan bo‘lishi darkor.
Tashkilot nomuvofiq mahsulotni quyidagi usullarning bir yoki
bir nechtasi bilan tasarruf qilishi kerak:
a) aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘rish;
b) muvofiq vakolatli idora yoki shaxs va agarda mumkin
bo‘lsa, iste’molchi tomonidan ruxsat etilgan og‘ish bilan undan
foydalanish, chiqarish va uni qabul qilishga ruxsat berish;
v) dastlabki rejalashtirilgan foydalanish yoki qo‘llanishning
oldini olish bo‘yicha harakatlarni ko‘rish.
d)
nomuvofiq mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng yoki
foydalanish boshlangandan so‘ng aniqlangan bo‘lsa, oqibatlar yoki
potensial oqibatlarga mos choralarni ko‘rish.
Nomuvofiqlar tavsifi va qilingan harakatlar, shu hisobda
chetlanishga ruxsatlarni olish haqida yozuvlarni olib borish zarur.
Nomuvofiqlik bartaraf qilingandan keyin mahsulot unga qo‘yilgan
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun qayta verifikatlanishi
(tekshirilishi) lozim.
Tashkilot o‘rnatilgan talablarga nomuvofiq bo‘lgan mahsulot
ishlab chiqarishning tegishli bosqichlarida aniqlanishi, belgilanishi
vayaroqli mahsulotdan ajratilishini ta’minlashi kerak.
Nomuvofiq mahsulotni boshqarish bo‘yicha faoliyatni maqsadi,
iste’molchiga o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulotni
yetkazib berilishining oldini olish va bunday mahsulotning
kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni
yo‘qotishdan iborat.
Nomuvofiq
mahsulotning
keyingi
ishlatilishi
bo‘yicha
masalalami tashkilot operativ hal qilishi kerak. Nomuvofiq
mahsulotni qo‘llash imkoniyati, uni tuzatish, qo‘shimcha tekshirish,
unga nisbatan boshqa harakatlar to‘g ‘risidagi qarorni tegishli ma’sul
shaxslar qabul qilishi kerak. Qarorning qabul qilinishi darajasi
aniqlangan nomuvofiqlikka va keyingi oqibatlarga muvofiq bo‘lishi
kerak. Qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlar hujjatlarda belgilanishi
kerak.
Tashkilot nomuvofiqliklar sabablarini (texnologik jarayonning
ijrochi tomonidan buzilishi, qurilmalarning ishlashidagi nosozliklar,
131
nomuvofiq materiallar va h.k.) aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha
masalalami operativ hal qilishi kerak.