-
205
-
IKKINCHI BO‘LIM. PEDAGOGIK YO‘NALISHDAGI
KOLLEJLARDA BOLALARNING JISMONIY
TARBIYASI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
METODIKASI
1-§. Maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy
tayyorgarligi va vazifalari
Tarbiyachining malakasi asosan
kollejda olingan kasbiy
tayyorgarligiga bog‘liq. “Bolaning jismoniy tarbiya va
rivojlanish metodikasi “ kursi o‘zida o‘quvchilar
tomonidan
o‘zlashtirish lozim bo‘lgan nazariy bilim va ko‘nikmalarni
qamrab olgan. Ushbu bilim va ko‘nikmalar yordamida, bolani
7
yoshidan
boshlab
jismoniy
madaniyatini
turli
muassasalarda shaklllantirish uchun muhimdir. Talaba bolani
harakatlanish faoliyatininig turli shaklarini o‘tkazish va
rejalashtirish, taxlil qilish, psixofizik va shaxsiy rivojlanishiga
qarab ijodiy yo‘naltirishni o‘rganishi lozim. Kurs vazifalaridan
biri talabani ota-onalar bilan
ish olib borish shakllarini
o‘rgatish: suhbat va konsultatsiya o‘tkazish, majlislarda nutq
so‘zlash va hk. Talabalarni kasbiy
tayergarligining asosiy
vazifasi- ularda bo‘lajak kasbiga munosabatini shaklllantirish,
mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmlarini
oshirishga
intilish, tarbiya masalalariga ijodiy yodashish,
ishiga nisbatan ma’suliyatini sezishga qaratilgan.
Talabalarga
pedagogik adabiyotni mustaqil o‘rganish va tahlil qilish, o‘z
ishini tajribasidan xulosa chiqarish
va kasbdoshlari bilan
tajriba almashish o‘rgatiladi. Doimiy yaxshi,
namunaviy
jismoniy ahvolda bo‘lish. Bo‘lajak pedagog shaxsini
rivojlantirish ham jismoniy
madaniyat mutaxassislarini