-
165
-
takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga
yordam beradi.
Bolalarni harakatli o‘yinlarda maqsadga yo‘naltirilgan
holda tashkil etish katta ahamiyatga egadir:
Bolalarning oyin faoilaiyatini tashkil etish.
Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish.
O‘yinda rollarni taqsimlash.
O‘yinni yakunlash
Bolalarning oyin faoilaiyatini tashkil etish.
O‘yin
o‘zining
mazmuni,
o‘yin
topshiriqlarining
navbatma-navbat bajarishlariga qarab barcha bolalar bilan bir
vaqtda yoki kichik guruh (bu vaqtda bolalarning qolgan qismi
boshqa faoliyat bilan band bo‘ladilar) bilan o‘tkaziladi.
Bolalarni o‘yinda to‘g‘ri tashkil etish kerak, o‘yinda navbatni
kutib qolish, holatlarning bir xilligi, kichik yoshdagi bolalarda
qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib
keladi; bolalar arzimagan bahona bilan o‘yindan chalg‘iydilar.
Ma’lum bir harakatda, uzoq vaqt qo‘zg‘alish holatida
bo‘lganda markaziy asab tizimida umumiy toliqish yuz beradi.
Shunday qilib, faqat o‘yinni to‘g‘ri tanlashgina emas,
balki uni katta samara beradigan darajada o‘tkazish muhimdir.
Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish.
Uning mazmuni
va qoidalarini tushuntirishi tarbiyachidan puxta tayyorgarligini
talab yetadi. Ayrim o‘yinlarning mazmuni oldindan bo‘ladigan
suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish mumkin.
Ularning tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan
munosabat tarkib topadi, asosiy xayol o‘sadi. O‘yinlarni
tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin,
biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qiziqarli, bolalarni
-
166
-
quvnoq o‘yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq
boshlash istagini tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini
ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.
Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali oxangda
bo‘lishi
lozim.
Tarbiyachi
o‘yin
harakat
izchilligini
tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining joylashish o‘rni
(kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta
guruhlarda esa mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan
foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi.
Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.
O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin
quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o‘tadi. Musobaqa
elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni
tushuntirayotib
qoidalarni, o‘yin
usullarini,
musobaqa
shartlarini aniqlashtiradi, bolalarni topshiriqlarni yaxshi
bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch
bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning
jismoniy qomoloti va yakka o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng guruhlar –
komandalarni birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq
bolalarni faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar
bilan qo‘shib qo‘yadi. Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish
uchun komanda kapitanlari, sudya va uning yordamchilarini
saylash
mumkin.
Mazmunli
o‘yinlarni
tushuntirish:
tarbiyachining
vazifasi
bolalar
ko‘zi
o‘ngida
o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin
obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga
ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan
iboratdir. Buning uchun kichik guruhlarda o‘yinchoq va
|