4
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
.
Bozor munosabatlarining muhim
bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida
iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy
banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu
kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi
va banklar faoliyatiga ega bo‘lmasdan sog‘lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo‘lgan banklar
faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni
taqazo qiladi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning
iqtisodiy saloxiyati, rivojlanish darajasini baxolash, bank tizimini islox qilishda
amaliy va nazariy taklif va xulosalar berishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari
.
Belgilangan vazifalarga erishish uchun
quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi. Ya’ni:
- xorijiy, mahalliy olimlar va mutaxassislarning «bank» tushunchasiga bergan
ilmiy ta’riflarini o‘rganish;
- milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitida respublikamizda
banklarning tutgan o‘rnini baholash;
- tijorat banklari tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarni umumiy o’rganish;
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
.
Tadqiqot ob’ekti
sifatida O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari tanlangan. Tijorat banklarining aktiv va passiv va lizing
operatsiyalarini o‘rganish tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: