64
tajriba ishlari (NIOKR)ga sarflanadigan mablag‘larga, ilmiy, injener kadrlar
tayyorlashga va innovatsion sohada davlat olib borayotgan siyosatga bog‘liq.
Masalan 2004 y. NIOKRda harajatlar ulushi AQSH, Yaponiya, Germaniyada
IYAMning 2,7 -2,9% ni, Fransiya va Buyuk Britaniyada 2,3 – 2,4%ni tashqil qildi.
Yangi industrial mamlakatlar Yevropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashmoqda, Koreya
Respublikasi esa AQSH ko‘rsatkichiga yetay deb qoldi. NIOKRni moliyalashtirish
bo‘yicha asosiy harajatlar tadbirkorlik tartiblariga to‘g‘ri keladi (OESR
mamlakatlari bo‘yicha 67%), lekin davlat byudjeti ulushi ham katta (AQShda 33%,
NIOKR, 2004 y .)
6.§. Jahon konsalting xizmatlari bozori
Konsalting xizmatlari allaqachon butun jahon industriyasi iqtisodiyoti sohasi
hisoblanadi. Qaysikim, u yuksalish jarayonlarini o‘z boshidan kechirmoqda.
Konsaltingni, individual faoliyatdan industriyaga aylanishi asosiy belgilari
sifatlaridan biri shunda ko‘rinadiki, konsalting xizmatlarining katta qismi
individual konsultantlar tomonidan emas, balki korporatsiyalar tomonidan
(konsalting firmasi) taqdim etiladi. Bu xizmat sohasi ko‘proq Shimoliy Amerika
(AQSH va Kanada), G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va
Singapurda rivojlangan. Ammo konsalting firmalari jahonning deyarli hamma
mintaqasida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda dunyoda ikkita yetakchi
xalqaro kasbiy (professional) konsalting firmalar birlashmasi mavjud:
Dostları ilə paylaş: