134
birgalikdagi harakatlarini va mosligini tashkil etish, hulqi buzilgan o’smirlar hayot
kechirishini kundalik, muntazam nazorat qilishni amalga oshirishni tashkil qilish.
Qayta tarbiyalash - qayta kuch talab etadigan, jiddiy, mashaqqatli, turli xil profilaktik va
ma’naviy ta’sir ko’rsatish usullaridan foydalanishni talab etadigan murakkab jarayondir, chunki
oilada ham, maktabda ham va mehnat jamoalarida ham hulqi ijobiy qo’nikmalariga
o’rganilmagan tarbiyaviy va pedagogik mazmunda eng ortda qolgan odamlar bilan ishlashga
to’g’ri keladi.
Qayta tarbiyalash jarayonini tashkil etishda quyidagi kategoriyadagi balog’atga
yetmaganlarga alohida e’tibor berilishi kerak:
1.
Jazo olib tarbiyalash koloniyalaridan qaytib kelgan, lekin ularning hulqlari
tashvish uyg’otadigan shaxslarga.
2.
Ozodlikdan ma’hrum etish hukmini ijro etish kechiktirilgan balog’atga yetmagan
huquqbuzarlarga nisbatan.
3.
Jinoyat sodir etib, lekin jinoiy javobgarlikdan jamoatchilik yoki administrativ
ta’sir ko’rsatish, yoki amnistiya sababli ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi
mumkin bo’lgan yoshgacha ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etganlarga.
4.
Maxsus o’quv-tarbiyaviy tashkilotlardan qaytib kelganlarga.
5.
Jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko’rsatish choralariga olib keluvchi
huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan.
6.
Spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar istehmol qiluvchilar.
7.
Ilgari sudlanmagan, lekin bir yil davomida ikki marta administrativ javobgarlikda
ayblangan, yoki rasmiy ogohlantiriga takror olib keluvchi shaxslar.
8.
O’qishni doimiy qodiruvchilar.
9.
Doimiy qimor o’ynaydigan va jamoatchilik tartibiga rioya qiymay hayot
keradiganlar.
Huquqbuzarlar bilan ishlash usullari turlicha bo’lishi mumkin: kitob o’qishga, sanhatga
qiziqtirish, ijobiy yo’nalishdagi norasmiy guruhga qo’shish; kech qolish, dars qoldirish odatlarini
yo’qotish. Yosh huquqbuzar shaxsiga tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko’rsatish metodlari, vosita va
usullarini tanlash ko’p holatlarga bog’liq bo’ladi. Ulardan bir qismini yuqorida ko’rsatib o’tdik.
Individual profilaktika shaxsning faolligini, kerakli chora-tadbirlarni o’tkazishga istagi yoki
qarshiligini hisobga olishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: